Fan: Ish yuritish analitikasi


Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish yo`nalishlari


Download 267.53 Kb.
bet4/9
Sana18.02.2023
Hajmi267.53 Kb.
#1213639
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-topshiriq

3. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish yo`nalishlari.
Mehnat unumdorligi-korxona faoliyati samaradorligini umumlashtirivchi ko`rsatkichdir. Mehnat unumdorligini tahlil qilishning asosiy maqsadi- uning o`sish imkoniyatlarini, ya`ni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Tahlil jarayonida quyidagilar aniqlanadi:

  • Mehnat unumdorligining osish sur`atlari;

  • Mehnat unumdorligini o`sish bo`yicha ishlab chiqarish rejalarini bajarilish darajasini;

  • Turli omillarning mehnat unumdorligiga ta`sir darajasini;

  • Mehnat unumdorligini ishlab chiqarilgan mahsulot xajmiga ta`siri.

Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish ichki ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlashga yo`naltirilgan. Aniqlangan imkoniyatlardan foydalanish natijasida mehnat unumdorligini o`sishi quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

  • Ishlovchilar soning mutloq kamayishi;

  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshishi;

  • Talabga ega bo`lmagan mahsulotni ishlab chiqarishni to`xtatish;

Mehnat unumdorligi o`sishining ichki ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash korxonaning bazis davrdagi faoliyatini o`rganishdan boshlanadi.
Mehnat unumdorligini pasayish sabablaridan biri ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik rivojlanish rejasini bajarmasligidir. Shuning uchun tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasining bajarilishini joriy qilingan chora-tadbirlar soni, ishlab chiqarish xarajatlar xajmi, har bir tadbirdan haqiqatdagi olingan iqtisodiy samara bo`yicha baholash muhimdir.
Bunday reja bajarilishini tahlil qilish uchun joriy qilinganlik haqidagi aktlardan foydalanib, ularda chora-tadbirlar mazmuni, ishlab chiqarish harajatlari, joriy qilish muddatlari, iqtisodiy samara ko`rsatilgan bo`ladi.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilishning vazifalari quydagilardan iborat:

  • mehnat unumdorligining haqiqatdagi ko`rsatkichlarini reja va bazis ko`rsatkichlardan farq qilish sabablarini aniqlash:

  • u yoki bu chetlanishlarga sabab bo`lgan har bir omilni foydani o`sishi yoki kamayishiga ta`sir qilish darajasini aniqlash;

  • amaldagi oshirilgan tashkiliy texnik chora-tadbirlar haqiqatdagi samaradorligini belgilash;

  • ishlovchilarni va mehnat sarfini qisqartirishning foydalanilmagan imkoniyatlarini aniqlash;

  • umuman korxona va uning bo`linmalari bo`yicha mahnat unumdorligi holatini baholash;

  • korxona foydasini oshirish uchun aniqlangan rezervlardan foydalanish bo`yicha tashkiliy texnik chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Tahlil uchun axborot bazasi bo`lib mehnat bo`yicha mehnat bo`yicha yillik va davriy hisobotlar (sttistik va buxgalteriya hisobotlari, kadrlar bo`limi ma`lumotlari va boshqalar) xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalardagi xojalik yurituvchi subeyiktlarning faoliyatida mehnat unumdorligi muhim ahamyatga ega. Chunki mehnat unumdorligi tarmoq yoki korxonaning kelajakdagi belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo`lib keladi. Ayniqsa hozirgi payitda bu masala yanada keskin qo`yilmoqda. Buning sababi shundagi, mehnat unumdorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo`lmaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarda unumdorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikirlar muvjud. Ayrim olimlar mehnat unumdorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to`rtinchilari esa qo`shimcha mahsulot deb ko`rsatadilar.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish kuchlarining oshish mehnat unumdorligi bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Ishlab chiqarish kuchlari o`z-o`zidan oshavermaydi. Ular ishlab chiqarish munosabatlarining har bir bosqichda asta-sekinlik bilan oshadi. Aynan mana shu munosabatlarning takomillashishi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga turtki bo`ladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish kuchlari qanchalik yuqori darajada bo`lsa, mehnat unumdorligi ham shunga mos ravishda bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, mahnat qurollarining takomillashishi, ishlab chiqarish jarayoni bilan bo`lgan tajriba, malaka va ko`nikmalarning oshishi, nihoyat, raqobatbardosh mahsulotlarning yaratilishiga olib keladi. Bu xususda, V.I.Indelmenov “Zamonaviy va takomillashgan ishlab chiqarish vositalari hamda nisbatan uyqori malakali hodimlari o`z ichiga qamrab olgan ishlab chiqarish kuchlari mehnat unumdorligini oshirish kafolatidir. Bu eng avvalo, mehnat sarflari birligiga to`g`ri keladigan mahsulot birligining oshishda va ishlab chiqarish tannarxining pasayishda namayon bo`ladi9.”
Lekin, ikkinchi tomondan, mehnat unumdorligi ham o`z navbatida ishlab chiqarish kuchlariga ta`sir qiladi. Ishlab chiqarishga sariflanayotgan mahnat takomillashgan va unumdorligi qanchalik yuqori bo`lsa, ular tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish vositalari sifati ham mahsulot miqdori ham shunchlik yuqori bo`ladi.
Shunday ekan, ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirishda malakali mehnat va yuqori ishlab chiqarish tajribasiga ehtiyoj tug`iladi. Bu ishlab chiqarish kuchlari va mehnat unumdorligi o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikning bir tomoni. Uning ikkinchi tomoni shundaki, mehnat unumdorligi “insonlar o`rtasida muayan bir mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste`mol qilish bilan bog`liq bo`lgan jarayonlarda yuzaga keladigan munosabatlar”ni namayon qiladigan ishlab chiqarish munosabatlariga bog`liqdir. Kishilar moddiy boyliklarni yaratish jarayonida ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Shuning uchun ham ular nafaqat tabiatga, balki bir-birlariga ham ta`sir o`takzadilar. Natijada ular o`rtasida iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi. Bundan xulosa qilish mumkunki, iqtisodiy munosabatlar mehnat va uning unumdorligiga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi.
Agar iqtisodiy munosabatlar eskirsa, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ham, mehnat unumdorligining o`sishi ham to`xtaydi. Yangicha iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish kuchlarini harakatga keltiuvchi dvigetel va mehnat unumdorligi oshishning garovi bo`lib xizmat qiladi. Ta`qidlash joizki, mehnat unumdorligi har qanday iqtisodiy tizimdagi ishlab chiqarish kuchlari darajasi va iqtisodiy munosabatlar tavsifi bilan bevosita bog`liq.
Fan-texnika taraqqiyoti, mashinalashga ishlab chiqarishning amalyotga keng miqyosda qo`llanilishi, yollanma mehnat eksplutatsiyasi jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga imkoniyat yarati. Buning natijasi mehnat unumdorligi ham oshdi. Shunday qilib, umumiqtisodiy qonunlar tarkibiga kiruvchi mehnat unumdorligining oshib borish qonuni jamiyat taraqiyotining barcha bosqichlarida ish vaqtini tejash ob`ektiv zaruriyat ekanligini ko`rsatadi. Lekin vaqtni tejash, uning miqyosi va qo`llanilishi ishlab chiqarish hususiyatlardan kelib chiqqan holda har xil bo`ladi. Bu turli xil ishlab chiqarish usullaridagi aniq bir iqtisodiy shart-sharoitlar bilan bog`liq. Bundan ko`rinadiki, hususiylikdan umumiylikka o`tish jarayoni amalga oshadi.
Gap shundaki, ishlab chiqarish munosabatlari huddi insonlar o`rtasidagi muayyan bir mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste`mol qilish bilan bog`liq bo`lgan jarayonlarda yuzaga keladigan munosabatlar kabi mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash darajasiga bevosita ta`sir qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlarining qay darajada bo`lishi ish vaqtining tejalishi uchun muayyan bir shart-sharoit yaratadi. Ayrim holatlarda iqtisodiyotda ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan noratsional yoki samarasiz foydalanish natijasida mamlakatda ishsizlik oshib ketadi yoki aksincha. Iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga qanchalik keng imkoniyat yaratsa, iqtisodiyotda mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Bundan ko`rinadiki, yillar o`tishi bilan iqtisodiy munosabatlar ham o`zgaradi, bu esa ishlab chiqarish usullari va shart-sharoitlariga ta`sir qiladii, natijada mehnat unumdorligi ham shunga mos ravishda o`zgaradi.
Hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyot sharoitda mehnat unumdorligining oshib borish qonununi bilish va undan tog`ri foydalana olish xayotiy zarurdir.
Ushbu ko`rsatkichni turli sohalarda turlicha aniqlashi bo`yicha bir qancha yondashuvlar mavjud. Chunki har bir soha va tarmoqning o`ziga xos hususiyatlari ushbu ko`rsatkochlarni aniqlashga bo`lgan yondashuvlarni ham turlicha bo`lishini taqazo qiladi. Ammo barcha holatlarda ham bitta metadologik yondashuv bor.
Uning mazmuni yaratilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini uni yaratishda ishtirok etgan xodimlar soniga bo`lishi yo`li bilan aniqlanadi. Biroq natija ko`rsatkichi uchun qaysi holatda qanday ko`rsatkichni olish va xodimlar sonining ham qaysi turini olish masalasi hamisha muommo bo`lib kelgan.
Ushbu ko`rsatkichlarning aniqlik kiritish mazkur ko`rsatkichning ta`rifiga nazar tashlashni maqsadga muvofiqdir. Ammo iqtisodiy adabiyotlarda uning ta`rifiga deyarli to`xtatilmagan. Faqat mehnat unumdorligi ko`rsatkichining qanday aniqlashi va uning mazmunigagina ahamyat berilgan. Bu borada xam bir qancha fikirlar aytilgan. Masalan E.A.Markaryan, G.P.Geresimenko va S.E.Markaryanlarning mehnat unumdorligini aniqlash yo`lari bo`yicha quydagicha qarashlar mavjud: "Bu“da ikkinchi ko`rsatkich bilan ifodalash tavsiya qilingan: Bitta xodimga va bitta ishchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ishlab chiqarilgan maxsulot”10
G.V.Savitskaya mazkur tushunchaga quydagicha ta`rif bergan “Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlar tizimida ifodalanadi, deb ko`rsatgan va asosiy umumlashtirilgan ko`rsatkich sifatida bitta ishlovchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot olingan”
O`zbekistonlik iqtisotchi olim Q.X.Abdurahmonov “mehnat unumdorligi” tushunchasiga bir muncha kengroq quydagicha ta`rif bergan: “mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat sarfiga nisbatan, ya`ni mehnat sarfi bieligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan o`lchaniladi”
A.V.Vaxobov, A.Ibrohimov va N.Ishankulovlar mehnat unumdorligi tushunchasiga bitta ishlovchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida yondashib, ular tomonidan berilgan ta`rifda mehnat unumdorligiga – ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko`rsatkich sifatida qatatilgan va uni ifodalash uchun ham ko`rsatkichlar tizimidan foydalanish lozimligi uqtirilgan. Bunda bitta ishlovchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot olingan.11
Professorlar M.Q.Pardaev, B.A.Hasanov va boshqalar “mehnat unumdorligi” tushunchasiga quydagicha yondashgan: “Mehnat unumdorligi vaqt birligi (soat, smena, oy, chorak, yil,) ichida bitta xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan belgilanadi”12
Iqtisodchi olimlar SH.R.Xolmo`minov, X.M.Xakimovlar mazkur tushunchaga bir muncha kengroq yondashib, quyagicha ta`rif bergan: “Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashturuvchi, xususiy va yordamchi ko`rsatkichlar tizimi qo`laniladi. Umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarga bitta ishchining ishlab chiqargan o`rtacha yillik, o`rtacha kunlik va o`rtacha soatlik mahsuloti, shuningdek, bitta ishlovchiga to`g`ri keladigan o`rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishning qiymat ifodasi kiradi”13
I.T.Abdukarimov, L.G.Abdukarimova va V.V.Smainalar ham mehnat unumdorligini aniqlashga doir tadqiqotlar olib borib, ular quydagicha yondashilganligini ko`rishimiz mumkin. “Mehnat unumdorligi btta xodim tomonidan bir vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ifodalaydi va ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (natural va qiymat ko`rinishida) o`rtacha bvand bo`lgan xodimlar soniga bo`lishi yo`li bilan aniqlaniladi”.Ko`rinib turibdiki, mehnat unumdorligini turli sohada turli olimlar aniqlashda turlicha yondashganlar. Bizning fikrimizcha, ularni nazariy jihatda bir xil holatga keltirib olish uchun ushbu ko`rsatkichning nafaqat aniqlash yo`llarini, balki nazariy jihatdan uning ta`rifini ham ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Chunki mehnat unumdorligi ijtimoiy ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Ushbu kategoriyaning nechog`lik amal qilishini bilish uchun uning ko`rsatkichlari aniqlaniladi. Agar mehnat unumdorligiga iqtisodiy kategoriya deb qaralsa, unung ta`rifini ishlab chiqish zarur, agar uning ko`rsatkich deb qaralsa, ushbu korsatkichlarning aniqlanishi yo`llarini qarab chiqish lozim. Taxlillarimiz shuni ko`rsatadiki, mamlakatimizada hozirgi kungacha nashr qilingan iqtisodiy adabiyotlardan ushbu masalaga, ya`ni makrodarajada mehnat unumdorligining ta`rifiga juda kam etibor qaratilgan. Ammo ushbu iqtisodiy kategoriya o`z mohiyatini yo`qotgan emas. Shuning uchun ham mehnat unumdorligining to`laroq ta`rifini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Shu nuqtai-nazardan biz ushbu kategoriyaning ta`rifini milliy darajasiga mos holda ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Milliy iqtisodiyotda mehnat unumdorligi deganda, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida band bo`lgan xodimlar tomonidan muayyan vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar hajmi yoki yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt birligi bilan o`lchanilishi tushiniladi.
Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sariflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quydagicha aniqladi:

Download 267.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling