Fan: Ish yuritish analitikasi


O`zbekiston Respublikasida mehnat unumdorligi holati tahlili


Download 267.53 Kb.
bet6/9
Sana18.02.2023
Hajmi267.53 Kb.
#1213639
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-topshiriq

O`zbekiston Respublikasida mehnat unumdorligi holati tahlili.

Bozor isloxotlari sharoitida mehnat unumdorligining ish bilan bandligini ta`minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy faol aholi tarkibida ish bilan band aholi soni yil sayin ko`patib bormoqda. Bunday o`sish tendensiyasi mamlakatimizning barcha hududlariga xos hususiyatga aylanmoqda.
Xizmatlar sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda xizmatlar oʼsishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi toʼplamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi.
Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini oʼz ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki koʼrsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat korxonalarga, balki jismoniy shaxslar - yakuniy isteʼmolchilarga ham koʼrsatilishi mumkin.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri boʼlgan xizmatlar sohasining oʼrni juda katta ahamiyatga egadir. Bu ishlab chiqarishning murakkablashuvi, bozorni kunlik va shaxsiy talabdan kelib chiqqan holda tovarlar bilan toʼldirish, jamiyat hayotini yangilovchi ilmiy-texnologik taraqqiyotning jadal oʼsishi bilan bogʼliqdir.
2020 yil 1 yanvarь holatiga xizmatlar sohasida faoliyat koʼrsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shugʼullanuvchi korxona va tashkilotlar ulushi (38,6 %) yuqoridir. Buning sababi ushbu faoliyatning yuqori daromadliligi va ketgan xarajatlarni tez qoplay olishida.

3-rasm. 2020 yil 1 yanvar holatiga xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi, %16
Начало формы
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,8 % ga tengdir.
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,9 % ga yetdi.
Axborot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 % ni tashkil etdi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 % ni tashkil qiladi.
Конец формы
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega va shunga ko‘ra, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sishi xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan, 2020 yil 1 yanvar holatiga ularning soni 46,2 mingtaga ko‘paydi va 199,9 mingtani tashkil etib, ularning o‘sishi 30,0 % ga oshdi.
Joriy faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy natijalarini va xizmat ko‘rsatish korxonalarining istiqbolli rivojlanishini yaxshilash zarurati, bu ko‘p jihatdan miqdoriy va sifat holatiga, moddiy (asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar), ishchi kuchi (korxona xodimlari) kabi resurs potensialining tarkibiy qismlaridan foydalanish samaradorligi, xizmatlar va xizmatlar bozorida professional ishtirokchilarning tobora ortib borayotgan raqobatidan, manbalar shakli va hajmidan, axborot va moliyaviy manbalar xizmat ko‘rsatish sohasining turli tashkiliy-huquqiy tuzilmalarining resurs tarkibiy qismlarini ko‘paytirish uchun moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga bog‘liqdir.


Download 267.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling