Fan: jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Download 63.95 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi63.95 Kb.
#1047234
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
olimboyev Umid jivahim


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI

“IQTISODIYOT” FAKULTETI


“MAKROIQTISODIYOT” KAFEDARSI

FAN: JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR.




REFERAT
Mavzu:.Xalqaro mehnat taqsimoti.
Bajardi: 3 - kurs ijtimoiy ish (pensiya ta`minoti) yo`nalish talabsi Olimboyev Umid
Qabul qildi: k o`qt Rahmatova N
Toshkent – 2022
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….4
1.Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati…………………………….………6
2. Xalqaro mehnat taqsimotini mamlakatlarga ta`siri……………………10
3.Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi……………………………16
Xulosa……………………………………………………………………………24
Foydalanilgan adabiyotlar . …………………………………………………….25


Kirish


XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo’jaligini faoliyatining o’ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning jadal ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo’jaligida davlatlar guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va xo’jalik hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog’liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo’lmoqda.
Shunisi xarakterliki, o’zaro hamkorlik va yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo’jalikni mustahkamlashga intilishi, oqibat natijada jahon xo’jaligini yanada ko’proq baynalminallashuviga, milliy iqtisodiyotning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, ko’pmilliy korporatsiyalarni) jahon xo’jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi esa o’z ichiga huquqiy me’yorlarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», hartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo’naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi:
1 Xalqaro mehnat taqsimoti.
2 Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3 Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.
4 Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
5 Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
6 Xalqaro iqtisodiy integratsiya.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xo’jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud bo’lgan. Masalan: Yevropa davlatlari o’rtasidagi XIM, mintaqalar (Evropa-SHimoliy Afrika, Yevropa-YAqin SHarq va h.k.) o’rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega bo’lgan. Jahon xo’jaligining vujudga kelishi (XVIII asr oxiri va XIX asr boshlari) va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo’ldi.
Zamonaviy jahon xo’jaligi bu - bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga bo’ysinuvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir.
Prof. E.R.Maxmudov fikricha “Jahon iqtisodiyotini o’rganish predmeti bu hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti (bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar, o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari) asosiy tizimchalarining rivojlanish bosqichlari va jarayonlari hamda ularning asosiy iqtisodiy masalalarni hal etishdagi xususiyatlaridir”.



  1. Download 63.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling