Kapitalizm- jamiyatning xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik tartiblariga asoslangan shakli.
Bu jamiyatning nomi “kapital” so`zidan olingan. Capital o`z egasiga daromad keltiruvchi xususiy mulk va mablag`, o`zini-o`zi ko`paytiruvchi sarmoyadir. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbirkorlik faoliyati yotadi. Kapitalizmning feudal jamiyatdan tub farqi-jamiyatning kishilarga xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda keng erkinlik berganligidir.Agar o`rta asr feudal jamiyatida kishi-kishiga qonun bilan majburlab bog`lab qo`yilgan bo`lsa, kapitalizm davrida barcha fuqarolar qonun jihatdan rasman erkin bo`lganlar. Ayni bu paytda bu jamiyat insonning qobiliyati, salohiyati, g`ayrati va shijoatiga katta yo`l ochgan jamiyat hamdir.
Shu sababli kapitalizm insoniyat tarixida misli ko`rilmagan kashfiyotlar va ixtirolar davri ham bo`ldi.Yangi tarixning birinchi davri ikki bosqichga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |