Rossiyaning tashqi siyosati. XVII-XVIII asriarda ham Rossiya tashqi siyosatining asosini unga tutash bo 'lgan yerlar hisobiga kengaytiiish uchun kurash tashkil etgan. Chunonchi, 1654- yilda Ukraina va Sharqiy Belomssiya Rossiyaga qo 'shib olindi. XVII asr davomida Rossiya G'arbiy Sibirdan Tinch okeani qirg'oqlariga, Kamchatka va Kuril orollariga qarab siljishni davomettirdi.
XVII asr oxiridan boshlab Rossiyani kuchli dengiz davlatiga aylantirish uchun kurash boshlandi. Bu vazifa ham bosqichma-bosqich amalga oshirila borildi. Pyotr I o'z tashqi siyosatining tig'ini O'rta Osiyogahamqaratdi. O'rta Osiyo oltinigaegabo'lish maqsadida 1714- yilda Xiva xonligiga harbiy ekspeditsiya yubordi. XVIII asrning ikkinchi choragida Qozog'istonning bir qismi Rossiya tarkibiga qo 'shib olindi.1768- yilda Rossiya - Turkiya urushi kelib chiqdi. 1774- yilda Turkiyani Rossiya o'ziga qulay Kuchukqaynarji shartnomasini imzolashga majbur etdi. Unga ko'ra, Rossiya Qora dengiz bo'yida harbiy flot qurish huquqini qo'lga kiritdi. Shuningdek, uning savdo kemalari hech qanday to`siqsiz o`ta olish huquqiga ega bo`ldi.1783-yil Qrim xonligi Rossiya tarkibiga kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |