Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Yangi mavzuni tushuntirish


Download 0.64 Mb.
bet119/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Yangi mavzuni tushuntirish:

Sanoatning rivojlanishi. Bu davrda Buyuk Britaniyada sanoat gurkirab rivojlandi. To’qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati yetakchi o’rinni egalladi. XIX asr o'rtalarida mashinasozlikda turli xil dastgoh (stanok) larning yaratilishi ishlab chiqarishda inqilobga teng ixtiro bo'ldi. Stanoksozlikning rivojlanishi metallni qayta ishlash imkonini berdi. Endilikda bir mashina yordamida

boshqa yana bir mashina yaratiladigan bo'ldi. Sanoat taraqqiyoti transportning yangi turi paydo bo’lishini za­ruratga aylantirib qo’ydi. Buning aks sadosi o’laroq, 1825-yilda Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi temir yo’l qurildi. Bu hodisa mamla­katning turli mintaqalarini bir-biri bilan tutashtirilishini hamda yuk tashishning arzonlashuvini ta’minladi. Ayni paytda ichki bozor kengaydi. Oqibatda zavod va fabrika egalari mumkin qadar ko’proq mahsulot ishlab chiqara boshladilar. Temiryo’l qurilishining boshlanishi, o’z navbatida, cho’yan, temir va po’latga bo’lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Sanoatning yangi tarmog’i-parovozsozlik paydo bo’ldi. Bu esa qudratli savdo va harbiy dengiz floti yaratishga imkon berdi. Mamlakat hayotidagi bu o’zgarishlar Buyuk Britaniyaning «dengizlar hukmroni» mavqeini yanada mustahkamladi. XIX asrning 40-yillariga kelib qishloq xo’jaligida mashinalar va kimyoviy o’g’itlar ishlatish boshlandi. Katta-katta sanoat korxonalarini qurish davom etdi. Temir yo’llar va yirik sanoat korxonalari qurilishi katta mablag’ ham talab etgan. Bu esa tijorat banklarining qudratini yanada orttirgan. U endi xalqaro miqyos kasb eta boshlagan. Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi ro’y berdi. Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtisodiyotida yetakchilik qishloq xo’jaligidan sanoatga o’tdi. Buyuk Britaniya dunyoning birinchi industrial davlati bo’lib qoldi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling