Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1
III. Yangi mavzuni tushuntirish
Download 0.64 Mb.
|
8 jahon 2019 yana
III. Yangi mavzuni tushuntirish:
1815-yilda Lyudovik XVIII Napaleon tarafdorlaridan o’ch ola boshladi. 1824-yilda LyudovikXVIII vafot etadi. Taxtni ukasi KarlX egallaydi.U1830-yilda mamlakat parlamentini tarqatib yuboradi.Bu esa Parij shahrida inqilob boshlanishiga olib keladi. Fransiya qiroli KarlX inqilobdan qo’rqqanidan chet elga qochib ketadi. Natijada yirik burjuaziya hokimiyatni saqlab qoladilar va taxtga Lui-Filipp o’tiradi. Bu voqealar iyul oyida bo’lganligi sababli tarixga “Iyul monarxiyasi” nomi bilan kiradi.Lui-Filipp davrida yangi konstitutsiya qabul qilinadi. Konstitutsiyada so’z, matbuot, yig’inlar o’tkazish erkinliklari e’lon qilindi. Lui-Filipp davrida to’qimachilik sanoati ishchilarining ahvoli juda o’g’ir edi. Birgina Lion shahrining o’zida 30mingga yaqin to’quvchi qashshoqlikda yashardilar. Bu esa 1831-yilda qo’zg’olon ko’tarilishiga olib keladi.Qo’zg’olonchi to’quvchi ishchilar Lion shahrini egallab oladilar Biroq poytaxt Parijdan Lionga yuborilgan 20ming kishilik qo’shin qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostiriladi. Oqibatda, 1834-yilda Lion to’quvchilari yana qo’zg’olon ko’tarishadi. Bu jang 6 kun davom etadi. Oxir oqibatda, bu qo’zg’olon ham bostiriladi. 1847-yillarda Fransiyada qurg’oqchilik ro’y beradi. 1847-yili esa Yevropa davlatlari iqtisodiyotini qamrab oldi. Bu esa ishlab chiqarishning keskin kamayishiga, pulning qadrsizlanishiga olib keldi Bularning barchasi inqilobning yuzaga kelishi sharoit yaratdi. Ayni paytda , ular bo’lajak respublikaning mamlakatdagi ishsizlikni tugatadigan, barcha fuqarolar uchun mehnat huquqini kafolatlovchi qonun qabul qiladigan talabini qo’ydi. Iqtisodiy inqiroz 1848-yil 23-fevralda Fransiyada inqilobga sabab bo’ldi. Natijada Lui Filipp taxtdan voz kechdi va Angliyaga qochib ketdi. Qo’zg’olon-chilar tomonidan taxt yoqib yuborildi. 25-fevral Fransiya respublika deb e’lon qildi. Matbuot va namoyish o’tkazish erkinligi belgilandi. 25 yoshga to’lgan erkaklar saylov huquqini oldi. Ish vaqti 10-11soat qilib belgilandi. “Milliy ustaxona” tez orada mablag’ yo’qligi uchun yopib qo’yildi. Natijada 115 ming ishchi ishsiz qoldi1848- yili Fransiyada yana qo’zg’olon ko’tarildi.Hukmron tabaqalar Prezidentlik lavozimini joriy etishga qaror qildilar. 1848- yili Napoleon I ning jiyani Lui Napoleon Bonapart Fransiya Prezidenti etib saylandi. Uning asl maqsadi imperiyani qayta tiklash edi Nihoyat 1851- yil 2- dekabrda davlat to’ntarishi o’tkazildi, xavfli kishilr qamoqqa olindi. Lui Napoleon o’zini imperator deb e’lon qildi. 1852 yil 2- dekabrdan Fransiyada rasman respublika bo’ldi. 1812- yilning 24-iyunida Napaleon Rossiyaga urush boshladi va imperiya o’rnatildi va Lui Napoleon Napoleon III nomi bilan imperator deb e’lon qilindi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling