Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Download 0.64 Mb.
bet15/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Uyga vazifa: 5 & 22-24- betlarni o`qib , konspekt yozish, Rossiya haqida ma`lumot to`plash.

O’IBDO’ _________________ Islomova D.
















R














E
























F



















O


































R




















M

























A



















T


































S





































I

































Y






































A















  1. Vittenburg universiteti ilohiyot fani professori (LYUTER)

  2. Gunohlarni avf etganlik to’g’risida Rim papasining maxsus yorlig’i (INDULGENSIYA)

  3. O’rta asrlarda cherkovga qarshilarni gulxanda yoqish marosimi (AUTODAFE)

  4. Katolik cherkovidan norzilik tarafdorlari (PROTESTANT)

  5. Xristian dinining “Chin e’tiqod” degan ma’noni anglatuvchi oqimi (PROVOSLAV)

  6. Reformatsiya qayerda boshlandi (GErmaniya)

  7. “Duo o’qi va ishla” shiorining muallifi (KALVIN)

  8. “Iso jamiyati” ning asoschisi (IGNATIY)

  9. O’rta asrlarda xristianlarning musulmonlarga qarshu yurishlari (SALIB)

  10. Xristian dinining muqaddas kitobi (INJIL)

  11. 1524 yildagi qo’zg’olon boshlig’I (MYUNSER)

  12. Xristian dining “JAHON DINI” ma’nosini anglatuvchi oqimi (KATOLIK)


Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 6


8 - A

8 – B

8 - V

8 - G

8 – D

23. 09. 2019

23. 09. 2019

23. 09. 2019

23. 09. 2019

23. 09. 2019



Mavzu: G’ARBIY YEVROPADA YANGI DAVR MADANIYATINING SHAKLLANISHI

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy maqsad: o`quvchilarga Yevropada uyg`onish davri madaniyati va ularning davlatlardagi asoschilari haqida ma`lumot berish savol va topshiriqlar asosida olgan bilimlarini mustahkamlash.

b) tarbiyabiy maqsad: o`quvchilarni insonparvarlik ruhuda tarbiyalash. Insonlarni o`zaro hurmat qilishga o`rgatish.

d) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning guruhlarda va yakka tartibda ishlay olish ko`nikmalarini rivojlantirish.

Kompetensiyalar: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, Milliy va umummadaniy kompetensiyasini,

Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.



Metod: Og`zaki va yozma bayon etish,(aralash)

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Shakl:Guruhlarda va yakka tartibda ishlash:

Usul: Bingo ”Aqliy hujum”,Og`zaki so`rov, savol-javob, debat, 7 qadam, klaster.

Jihoz:Dunyo va O`zbekiston siyosiy xaritasi, tarqatma manbalar, doska va bo`r

Dars bayoni

O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.Niderlandiyaning o'z davrida eng rivojlangan davlatga aylanishini ta'minlagan omillar qaysi?.

2.Ispaniyaning niderland xalqiga o 'tkazgan jabr-zulmlariga misollar keltiring.

3.Niderlandiya xalqining mustaqillik uchun kurashi qanday natijaga olib keldi?

4.Gollandiya Respublikasining tashkil etilishi tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?

Yangi mavzu bayoni:

Uyg'onish davri haqida. Uyg'onish davri deyilganda ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat va tafakkur yuksalgan davr tushuniladi.

Bunday davr dastlab Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda yuz bergan. Bu haqda Siz VII sinf «0'zbekiston tarixi» darsligi kitobidan ma'lumot olgansiz. XIV-XVII asrlarda G'arbiy Yevropada ham bu hodisa yuz bergan va u Renessans deb atalgan. Bu masala bilan shug 'ullanuvchi olimlar Uyg' onish davrini O 'rta asrlar turg 'unligidan yangi davrga o'tish bosqichi deb baholaganlar. G'arbiy Yevropada Uyg'onish davri o'z-o'zidan yuz berib qolmagan. U O'rta Osiyo Uyg'onish davrining bevosita ta'sirida yuz bergan. G'arbiy Yevropa Uyg'onish davrining asosiy belgilarini quyidagilar tashkil etgan:


  • jaholat va mutaassiblikni rad etish;

  • insonni ulug'lash; uning iste'dodi, aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish;

  • antik davr (qadimgi Yunon va Rim) madaniyatini tiklash va boyitish;

  • adabiyot va san'atda narigi dunyoni emas, hayotdagi go'zallikni kuylash;

  • inson erki uchun kurash.

Uyg'onish davrining vatani Italiya bo'ldi. Bu bejiz emas edi. Chunki G'arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada kapitalizm ertaroq vujudga kelgan va tezroq rivojlana boshlagan.

Boy savdogarlar, manufaktura egalari, bank egalari bo'sh vaqtlarini sayohatlar, savdo kelishuvlari, o'qish va ilm o'rganish bilan o'tkazganlar. U nafaqat pulni, balki ilmni ham qadrlardi, san'atni tushunardi. Ayni paytda, ular ilm-fan va san'at ravnaqiga homiylik ham qilardi.

Badavlat kishilarning buyurtmasi bilan mahobatli binolar qurildi. Ular suradar, devor bezaklari va haykallar bilan bezatildi. Noyob san' at asar- larini yig 'a boshladilar. Odamlar hayotida teatr katta rol o 'ynay boshladi.

Adabiyot Uyg'onish davri adabiyoti va san' atida o 'z davxining buyuk kishilari ijod qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga ko 'p qirrali noyob qobiliyat in'om etgan edi.

Bunday noyob qobiliyat egalaridan biri Uilyam Shekspir (1564-1616) bo'lgan. U: «Inson-tabiatning ajoyib mo'jizasi», deb hisoblardi. U. Shekspir teatrga muhabbat qo'ydi. «Otello» tragediyasida tuhmatga ishongan Otello o'z sevgilisi Dezdemonani bo'g'ib o'ldiradi. «Gamlet» tragediyasida esa zaharlangan xanjar Gamletni halok qiladi. «Qirol Lir» asari qahramoni qirol Lir esa o'z qizlari tomonidan daydib yurishga va gadolikka mahkurn etiladi. «Romeo va Julyetta» asarida esa o 'rta asr jaholati oqibatida Romeo va Julyettalar halok bo 'ladilar. Lekin hech narsa U. Shekspir qahramonlarini erkinlikdek yuksak va yorug' tuyg'ulardan voz kechishga majbur eta olmaydi. Shu tariqa mag'lubiyat va o'limgaqaramasdan,Shekspirning: «Inson- tabiatning ajoyib mo'jizasi!» degan fikri uning asarlarida o'z tasdig'ini topadi. Bu davr madaniyatining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547-1616). Uning mashhur «Don Kixot» asari qahramoni, jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so’nggi olijanob ritsar. U odamlar hayoti biroz bo’lsa-da, yaxshi bo’lishiga yordamlashish yo’lida qo’lidan kelganicha harakat qiladi. Bu ish uning hayotdagi: «Erkinlik uchun xuddi shon-sharaf uchun qilinganidek, jonni xavfga qo’yish kerak» shiorining amaldagi ifodasi edi.



Tasviriy san’at. Uyg’onish davri madaniyatining yana bir buyuk namoyandasi Leonardo da Vinchidir (1452-1519). U bir vaqtning o’zida ham rassom, ham shoir, ham me’mor, ham haykaltarosh, ham musiqachi, ham ixtirochi edi. Leonardo rasm chizish san’atini «san’atlar malikasi» deb atagan. Buyuk rassom bir paytning o’zida zehnli izlanuvchan olim ham edi. Uning asarlari qahramonlari xudolar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. «Chaqaloq tutgan Madonna» rasrm buning yorqin dalilidir. Ona go’dagini ko’kragiga bosib, avaylab quchoqlab turibdi va unga yengil yarim tabassum qilmoqda, yer esa onaning o’z go’dagiga cheksiz muhabbatini angiatib turibdi. Leonardoning «Maxfiy kecha» deb nomlangan devoriy rasmi ham mashhurdir. Injildagi rivoyatga ko’ra, Iso payg’ambar o’limidan oldin shogird­larini oxirgi marta to’plagan. Isoning shogirdlariga hozirgina aytgan «Sizlardan biringiz meni sotasiz», degan bashorati tasviri. Shogirdlar uning bu so’zidan qotib qolishgan. Ularning yuzida hayrat, qo’rquv g’azab va ishonchsizlik. Bu davrning buyuk rassomlaridan yana biri Rafael Santi (1483­1520) edi. U atigi 37 yil umr ko’rdi, xolos. Lekin shu qisqa davr ichida o’z no mini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata oldi. U yaratgan asarlar ichida «Sikstin madonnasi» mashhurdir. Zamondoshlari «Sikstin madonnasi» asariga «shu xildagilarning yagonasi» deb babo berishgan edi. Unda oyoqyalang Bibi Maryam go’yo bulutlarni bosmaganday, ohista ularning ustida uchib yurganday. U o’z qismatiga peshvoz chiqmoqda. Gollandiyalik mashhur ras­som Rembrandt (1606-1669) yaratgan asarlar ichida eng mash­huri «Adashgan o’g’ilning qay­tishi» rasmi edi. Adashgan o’g’il uy ostonasi oldiga tiz cho’­kib turibdi.. Qo’l harakati bu dunyodan qariyb umidini uzgan odamning yorqin quvonchini va cheksiz muhabbatini anglatadi.

Haykaltaroshlik. Bu davr haykaltaroshlari ichida Mikelanjelo Buonarrotti (1475-1564) ham o’zining o’lmas asarlari bilan tarixda iz qoldirdi. U haykaltaroshlikni «san’atlar ichida birinchi», aynan haykaltaroshlikkina insonni, uning go’zalligini hamma narsadan yaxshiroq sharaflaydi, deb hisoblagan. San’atkor yaratgan «David» haykali asari uning nomini abadiylikka «mahkum» etdi. Injil rivoyatlariga ko’ra, yosh cho’pon yigit David dahshatli devsifat Goliaf bilan jangga tushishga jur’at qiladi va sanjondan otilgan tosh bilan uni qulatadi. Haykaltarosh Mikelanjelo esa jang oldida turgan Davidni tasvirlagan. Uning yuzi g’azabga to’la va kuchli qo’llari sanjonni qisib turibdi. Bu haykal o’zining balandligi va go’zalligi bilan o’zigacha yaratilgan barcha asarlarni ortda qoldirdi. Pyotr sobori Rimning va Yevropaning bosh katolik ibodatxonasidir.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling