Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1


Download 0.64 Mb.
bet28/149
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#247769
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Inqilobning boshlanishi. 1640yilning boshiga kelib, xazina bo’shab qoldi. Mamlakatda ko’plab ochlar qo’zg’oloni, Londonda esa ko’cha tartibsizliklari bo’lib o’tdi. Shotlandiya Angliyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Shunday sharoitda 1640 yili yangi parlament yig’ildi. Bu parlament uzoq vaqt tarqatilmaganligi uchun “Uzoq muddatli parlament” nomi bilan tarixga kirdi. Bu inqilobning boshlanishi edi.

Uzoq muddatli Parlament bir qancha muhim islohotlarni amalga oshirdi. Parlamentning absolutizmga qarshi qaratilgan dastlabki qarorlaridan bin qirol ministrlarining sudga tortilishi bo‘ldi. Ko‘pgina yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi. Aslida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra, Angliya davlat tuzumida yuz bergan inqilobiy to‘ntarish edi.

Angliya parlament bilan qirol tarafdorlari bo‘lgan bir-biriga dushman ikki lagerga bo‘lindi. Parlamentni savdogarlar, tadbirkorlar va yangi dvoryanlar qo‘llab-quvvatladi. Eski tartiblardan manfaatdor bo‘lgan!arning barchasi — yirik yer egalari bo‘lgan asilzodalar va ularga qaram bo‘lgan dehqonlar, saroy amaldorlari, ingliz cherkovi qirol bayrog‘i ostida birlashdilar.

1643-yilning oxiriga kelib, mamlakat hududining to'rtdan uch qismi qirol hukmronligi ostida edi. Parlament esa xalqni jangga chorlashga qo‘rqardi. Biroq tez orada parlamentning yangi ittifoqchisi bo‘lgan Shotlandiya armiyasi Angliya hududiga kirib keldi. Shotlandlar bilan parlament tarafdorlarining birlashgan qo‘shini qirol qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alabada Oliver Kromvel qo'mondonligi

ostidagi otliq askarlar asosiy rol o‘ynadi. Qirol va uning ortidan butun armiyasi qochib qoldi. Urush parlamentning to'liq g£alabasi bilan yakunlandi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling