Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1
Download 0.64 Mb.
|
8 jahon 2019 yana
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy tuzum.
III.Yangi mavzu bayoni
Iqtisodiy ahvol. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda Angliya, Gollandiya va Fransiya kabi davlatlardan orqada qoldi. Hatto XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy tushkunlik ham boshlandi. Bu, avvalo, Germaniyaning 300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik (davlat)larga bo 'linib ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozorning vujudga kelishiga imkon bermadi. Bundan tashqari, bu davrda dengiz savdo yo 'llarining Atiantika okeaniga ko'chganligi oqibatida Germaniya orqali o'tadigan dengiz savdo yo'llari o'z ahamiyatini ham yo'qotdi. Vaholanki, XVI asr o'rtalarigacha Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G 'arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o 'tgan. Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy rolining mis ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallab kelganligi bilan belgilanib keldi. Mis savdoda asosiy vosita hisoblanardi. Biroq Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta-katta miqdorda keltirilishi Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazdi. Shuningdek, nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulot- lari bilan raqobat qila olmadi. Chunki Germaniyada manufaktura ishlab chiqarishi faqat shahar bilan cheklanib qolgan edi. U qishloqqa yoyilmadi, ya'ni natural xo'jalik munosabatlari hukm surgan.qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi sanoat mahsulotlariga nisbatan talabni qondirmadi. 1524-1526- yillarda bo'lib o'tgan Buyuk dehqonlar urushi va bu urushda dehqonlarning yengilishi o'rta asr feodal munosabatlarining yana uzoq saqlanib qolishigaolib keldi. Qo'zg'olonchilarning talablari feodal artiblarini butunlay bekor qilishni ko 'zda tutmagan edi. Dehqonlar bor- yo'g'i bu tartiblarni yumshatishni, dehqonlarga shaxsan ozodlikberilishini nazardatutardi. Qo'zg'olonning mag'lubiyatga uchrashi siyosiy tarqoqlikning davom etaverishiga ham sabab bo'ldi. Va nihoyat, Germaniyaning O'ttiz yillik urushda (1618-1648) mag'lubiyatga uchrashi ham uning qoloqlik botqog 'iga botib qolaverishiga katta ta'sir ko 'rsatgan. O'ttiz yillik urush Yevropaning ikki ittifoqqa bo'lingan davlatlari (1- ittifoq: Avstriya, Ispaniya va Germaniyaning katolik knyazliklari; 2-ittifoq: Germaniyaning protestant knyazliklari, Fransiya, Daniya va Shvetsiya) o'rtasida bo'lib o'tdi. Bu urush 1648- yilda Vestfaliya tinchlik shartnomasining imzolanishi bilan tugadi. Urushda ikkinchi ittifoq g'alaba qozondi. Bu g'alaba tufayli Yevropada siyosiy gegemonlik Fransiyaga o'tdi. Shvetsiya esa Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylandi. Boltiq bo 'yida hukmronlik o 'rnatishi borasida katta imkoniyatni qo 'lga kiritdi. Gollandiya Respublikasining davlat mustaqilligi tan olindi. Germaniya esa bu urush oqibatida iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutdi. Siyosiy parokandalik yanada kuchaydi.
Germaniya imperatori, amalda hokimiyatsiz imperiator ham edi. Gabsburglar sulolasidan bo'lgan imperator o'zining Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real hokimiyatga ega bo'lmagan. Imperiya Reyxstagi esa amalda barcha knyazliklarga majburiy bo'lgan yakuniy qarorlar qabul qila olmagan. Qabul qilgan taqdirda ham u amalda bajarilmagan. Imperator saroyi Vena (hozirgi Avstriya davlati poytaxti), Reyxstag (parlament) binosi Regensburg, imperiya sudi binosi esa Vetslar shaharlarida joylashgan. Bunday sharoitda har bir knyazlik nafaqat ichki ishlarda, balki tashqi siyosatda ham mustaqillikka intilaredi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling