Yaponiyani birlashtirishning tugallanishi. 1598- yilda Xidayosi vafot etdi. Uzoq kurashlardan so'ng syogunlik hokimiyatini Tokugava Iayasu egalladi. Mamlakatda Tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati o 'matildi. Biroq bu sulolanomigabo'lsa-da, imperator hokimiyati daxlsizligini saqlab qoldi. Chunki yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi hisoblanardi. Shuning uchun ham imperator hokimiyatini bekor qilgandan ko 'ra, uning nomidan o 'z siyosatini yuritish oson kechardi.
O'zini-o'zi ajratib qo'yish. Tokugava Xidayosining xristianlikni ta'qib etish siyosatini davom ettirdi. 1614- yilda syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi. Qonun xristian dinini imperiya dushmani deb e'lon qildi. Budda dinini hurmat qilmaydigan barcha shaxslaming Yaponiyadan chiqib ketishi talab etildi. Shu tariqa Yevropa mustam- lakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi.
Bu hoi Yaponiyaning Yevropa bilan munosabatlariga ta'sir etmay qolmadi. Natijada Yaponiya tashqi dunyodan o 'zini-o'zi ajratib qo'ydi. Xo'sh, bunday siyosat yuritilishiga nimalar sabab bo'ldi? Avvalo, Tokugava xonadoni bunday siyosat tufayli markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka intilayotgan kuchlar harakatiga barham berib, Yaponiyani birlashtirish ishini nihoyasiga yetkazish mumkin, deb hisoblardi. Ayni paytda bu siyosat Yevropa bilan savdo-sotiq ishlarini to 'la o 'z qo 'llariga olgan va shu tufayli markaziy hokimiyatga bo 'y- sunishni istamagan kuchlaming iqtisodiy qudratini sindirishi ham kerak edi. Syogunning bunday xavfsirashiga asos bor edi. Yosimune islohotlari. Yosimune Tokugava sulolasining eng mashhur davlat arbobi sifatida tanildi. U bu suloladan chiqqan sakkizinchi syogun bo'lib, 1716-1745- yillarda hukmronlik qildi. U qo'riq yerlami o 'zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilami rag 'batlantirish siyosatini yuritdi. Sug'orish inshootlari tizimini takomillashtirdi. Yemi sotish, sotib olish yoki garovga qo'yishni taqiqlovchi qonun chiqardi. Mamlakat va jamiyat hayotini tartibga solishda u joriy etgan «100 moddali Farmon» deb ataluvchi qonunlar to'plami katta ahamiyatga egabo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |