Yevropaliklarning kirib kelishi. XVI asrning 40- yillaridan boshlab Yaponiyaga birinchi bo'lib Portugaliya savdogarlari kirib keldilar. 1543- yilda portugaliyalik Mendish Pintu Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, porox olib kelish va ularni oltin hamda kumushga ayirboshlash to'g'risida shartnoma imzoladi. Yevropaliklarning Yaponiyaga kirib kelishining eng ahamiyatli jihati, o 'qotar qurolning Yaponiyaga keltirilishi hamda shu yerda ishlab chiqarishning yo 'lga qo 'yilishi bo 'ldi. Mendish Pintu yaponlarga o 'qotar qurollar yasash san'atini o'rgatdi. Ayni paytda Yaponiyaga yevropalik savdogarlar ortidan katolik cherkovi ruhoniylari ham kela boshladilar. Ular yaponlar orasida xristian dinini targ'ib etishga kirishdilar. Ulardan so'ng esa ispan katolik ruhoniylari ham bu mamlakatga kirib kela boshladilar. Syogun Oda Nobunaga Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga homiylik qildi. Chunki bu davrda budda dini peshvolari Oda Nobunagaga dushman bo 'lgan kuchlarni qo 'llab-quvvatlamoqda edi. Ular Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishga qarshi kuchlar- ning tayanchiga aylangan edilar. Bundan tashqari, Oda tezlik bilan qo'shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to'la qurollantirish maqsadida ham shunday qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |