12- mavzu: Zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan foydalanish malakasini shakllantirish Reja


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1018511
  1   2   3
Bog'liq
harbiy texnika qurol



12- mavzu: Zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan foydalanish malakasini 
shakllantirish 
Reja: 
1. O‘zbekiston Respublikasi qo‘shinlarining qurol-aslaha va harbiy texnikalari 
haqida tushuncha. 
2. Zirhli mashinalar va tanklarning taktik-texnik tavsifi. 
3. Jangovar vertolyotlar, samolyotlar va artilleriya vositalarining jangovar
xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: bronetransportyor, zirhli mashinalar, pulemyot, 
vertolyot, samolyot, ekipaj. 
Zirhli mashinalar. 
Bronetransportyorlar. BTR-70. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, 
zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li 
katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega. 
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg. Eng yuqori tezligi 80— 90 
km/s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 600 
km, yonilg‘i zaxirasi — 300 litr (benzin), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, 
BTR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, BTR o‘ta olishi 
mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji (desant) — 3 (8). 
BTR-80. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, 
yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va 
u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega. 


Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg, shossedagi eng yuqori 
tezligi — 90 km/s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km/s, shosseda yurish 
zaxirasi — 600 km, yoqilg‘i zaxirasi — 300 litr (dizel yoqilg‘isi), nishablik 
burchagi — 30°, kren — 25°, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 
m, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji 
3 kishi, desant — 8 kishi. 
Piyodaning jangovar mashinalari. BMP-1. Piyodaning jangovar mashinasi—
motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli 
qudratlilikni, 
shaxsiy 
tarkibning 
jang 
maydonida 
himoyalanishi 
va 
harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyat- ning har xil sharoitlarida 
muvaffaqiyatli harakatlanishga imkon yaratadi. 
Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in 
qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun apparaturalariga,



yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali 
zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. 
BMP-1 tankka qarshi boshqaruvchi raketalar (TQBR), 73 mm.li silliq stvolli 
tankka qarshi to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti bilan 
qurollangan. 
Taktik-texnik tavfisi. Jangovar og‘irligi — 13200 kg, ekipaji — 3 kishi 
(komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 8 kishi, 
quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 60 km/s, suvdagi tezligi — 7 km/s, shosseda 
yurish zaxirasi 550—600 km, bosib o‘tuvchi ko‘tarilish — 35°, chuqur kengligi — 
2,5 m, devor balandligi — 0,7 m. 
BMP-2. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang 
olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang 
maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda 
vaziyatning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishiga imkon yaratadi. 
Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in 
qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun appara- turalariga, 
yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali 



zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. 
BMP-2 30 mm.li avtomatik to‘p, 7,62 mm.li PKT pulemyoti, tankka qarshi 
boshqariluvchi raketa uchun uchirish qurilmasi bilan qurollangan. Jangovar 
jamlanma 30 mm.li to‘p uchun 500 ta o‘q-dori, 7,62 mm.li PKT pulemyoti uchun 
2000 ta patron, 4 ta PTURdan iborat . 
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 14000 kg, ekipaji — 3 kishi 
(komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 7 kishi, 
uzunligi — 6710 mm, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 65 km/s, suvdagi tezligi 
6—7 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 550 km, bosib o‘tuvchi ko‘ta- rilishi — 
35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling