12- mavzu: Zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan foydalanish malakasini shakllantirish Reja


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1018511
1   2   3
Bog'liq
harbiy texnika qurol

Jangovar vertolyotlar. 
MI-24 B ning taktik-texnik tavsifi. Bo‘sh vertolyotning og‘irligi — 8500 kg, 
dvigatel quvvati — 2225 ot kuchi, eng yuqori tezligi — 320 km/s, uchishining eng 
yuqori balandligi — 4600 m, uchish uzoqligi — 1000 km, ekipaji — 3 kishi 
(uchuvchi, operator va bort texnigi. 



Ka-52 «ALLIGATOR»ning taktik-texnik tavsifi. Bo‘sh vertolyotning 
og‘irligi — 7700 kg, dvigatel quvvati — 2225 ot kuchi, eng yuqori tezligi — 350 
km/s, uchishining eng yuqori balandligi — 5000 m, ekipaji — 2 kishi. 
Samolyotlar. 
L-39 ning taktik-texnik tavsifi. Eng yuqori tezligi — 900 km/s, eng baland 
uchishi —9000 m, samolyot uzunligi — 24 m, balandligi — 6 m . 



SU-24 ning taktik-texnik tavsifi. Eng yuqori tezligi — 1700 km/s, eng 
baland uchishi — 11000 m, samolyot uzunligi — 24 m, balandligi — 6 m. 
SU-17 ning taktik-texnik tavsifi. Eng yuqori tezligi —1900 km/s, eng baland 
uchishi —15200 m, samolyot uzunligi —18,9 m, balandligi — 4,9 m. 
MIG-29 ning taktik-texnik tavsifi. Eng yuqori tezligi — 2450 km/s, eng 



baland uchishi — 18000 m, samolyot uzunligi — 17,3 m, balandligi — 4,7 m. 
A-50 ning taktik-texnik tavsifi. Patrullash tezligi — 600 km/s, eng baland 
uchishi 10200 m, uchish davomiyligi — 7 soat, samolyot ekipaji — 5 kishi, 
samolyot uzunligi — 46,5 m, balandligi — 14,7 m. IL-76 samolyoti bazasida 
yaratilgan. 
IL-76 ning taktik-texnik tavsifi. Samolyot ekipaji — 7 kishi, balandligi 
14,76 m, samolyot uzunligi — 46,59 m, maksimal tezligi — 825 km/s, maksimal 
uzoqlikka uchishi — 10000 km, yuklangan samolyot og‘irligi 190000 kg, baland 
uchishi — 12000 m. 



AN-12 ning taktik-texnik tavsifi. Samolyot ekipaji — 7 kishi, balandligi 
10,53 m, samolyot uzunligi — 33,1 m, maksimal tezligi — 680 km/s, maksimal 
uzoqlikka uchishi — 5530 km, yuklangan samolyot og‘irligi 61000 kg, baland 
uchishi — 11000 m. 
AN-26 ning taktik-texnik tavsifi. Samolyot ekipaji — 6 kishi, balandligi — 
8,58 m, samolyot uzunligi — 23,80 m, maksimal tezligi — 420 km/s, maksimal 
uzoqlikka uchishi — 5500 km, yuklangan samolyot og‘irligi — 24000 kg, baland 
uchishi — 7500. 


10 
Artilleriya vositalari. 
Reaktiv artilleriyasining jangovar mashinasining taktik-texnik tavsifi. Otish 
uzoqligi — 20 km va undan ortiq, jamlanmasi — 120 snaryad, snaryad og‘irligi 
66 kg, raschoti — 6 kishi. 
82 mm.li minomyotning taktik-texnik tavsifi. Otish uzoqligi — 500 m.dan 
7000 m.gacha, jangovar jamlanmasi — 60 snaryad, raschoti — 3 kishi. 


11 
22 mm.li D-30 zambaragining taktik-texnik tavsifi. Otish uzoqligi — 15,3 
km.gacha, jangovar jamlanmasi — 80 snaryad, snaryad og‘irligi — 21,7 kg. 
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning qurolli kuchlari uchun yangi 


12 
tank namunalarini ishlab chiqarishga katta e’tibor berilyapti. Zamonaviy jangda 
tanklarning taktik-texnik tavsiflariga bo‘lgan talab doimo ortib bormoqda. 
Dushman bilan muvaffaqiyatli jangovar harakatlar olib borilishi uchun qudratli 
qurol-aslahaga, yaxshi optik asboblarga, zamonaviy nishonni aniqlash vositalariga, 
kerakli o‘q-dorilar komplektiga, quvvatli dvigatel qurilmasiga, ishonchli yurish 
qismiga ega bo‘lish lozim. 
Nazorat savollari: 
1. O‘zbekiston Respublikasi qo‘shinlarining qanday qurol-aslaha va harbiy 
texnikalari mavjud? 
2. Zirhli mashinalar va tanklarning taktik-texnik tavsifidan misollar keltiring. 
3. Jangovar vertolyotlar, samolyotlar va artilleriya vositalarining jangovar
xususiyatlarini aytib bering.
 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling