Fan: Matematika sana: 14-fevral. 2020-yil Mavzu: Kasr tushunchasini mustahkamlash Maqsad: Ta’limiy


Download 0.69 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#240523
Bog'liq
kasr tushunchasi


Fan: Matematika

SANA:14-fevral.2020-yil

Mavzu: Kasr tushunchasini mustahkamlash

Maqsad:

Ta’limiy: O’quvchilarni “ Kasr tushunchasini mustahkamlash ” xossalari bilan tanishrirish, bilim ko`nikma hosil qilish.

Tarbiyaviy: Sport bilan shug`ullanishni targ`ib qilish, ish bajarishda tozalikka, ozodalikka, tartibga rioya qilishga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash

Fanga oid kompetensiyalar:sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali ekanligini tushuna olish.



Turi:mustahkamlash

Metodi: savol javob, tushuntirish

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.kitob

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism.

Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish, aylanma daftarlarni almashtirish.

2020-yi qanday yil?

2020-yil O'zbekistonda "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilindi

Bugungi darsimizni shu yil bilan bog’lab olib boramiz



Bugungi darsda sizlar bilan Internet do’konidan narsa xarid qilishimiz kerak,buning uchun meni savollarimga to’g’ri javob bersangiz xaridni amalga oshirishingiz mumkin bo’ladi.Internet do’konida turli xil o’quv-qurollari bor.

Sinfni ikki guruhga ajratish

1 -guruh:Parallel to’g’ri chiziqlar

2-guruh:Perpendikular to’g’ri chiziqlar

Guruhlar taqdimoti

Qoidalarni so’rash

1-guruh:Matematika haqida olimlar fikri

2-guruh:DTS talablarini aytadi

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

O`tilgan darsda “Kasr tushunchasi” mavzusi bilan tanishgan edik.Mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib noto`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.

Darsga Bilmasvoy tashrif buyuradi.

Bilmasvoy:Ustoz men kasr degan mavzuga tushunmadim

O’qituvchi:Unday bo’lsa bugun senga bolajonlar kasr haqida ma’lumot berishadi

Omadli juftlik” o’yini



Bunda bir o’quvchi bo’yalgan shaklni yopishtiradi,ikkinchi o’quvchi kasr ko’rinishida yozadi.



Kompyuterdan test yechiladi



 

III Yangi mavzu bayoni:

1. Doira nechta teng bo‘lakka bo‘lingan? Uning 1/3 2/3; 3/3 ;

bo‘lagini ko‘rsating.






Har bir o’quvchida ushbu shakllar oldindan qirqib beriladi o’qituvchi qaysi qismni o’qisa o’quvchilar ko’tarishadi

2. 8 ta konfetni Mutal ukasi bilan bo‘lib olishdi. O‘ziga5 ta olib, ukasiga 3 ta konfet berdi. Bu bo‘linmanikasr ko‘rinishida qanday yozish mumkin? Teng bo‘linganida bo‘linma qanday ko‘rinishda yozilar edi?

Masala slayd yordamida tushuntiriladi








3. KF kesma nechta teng bo‘laklarga bo‘lingan? KL va KN kesmalarni kasr ko‘rinishida yozing.



KF ning  qismi KL KF ning  qismi KN

4. 4 ta doira chizing. Uning to‘rtdan bir, to‘rtdan ikki,to‘rtdan uch, to‘rtdan to‘rt bo‘laklarini bo‘yang.

Doiralarning bo‘yalgan qismini kasr ko‘rinishidaifodalang.



5. Omina maktabga borish uchun 240 m masofanibosibo‘tdi. Bu uyidanmaktabgacha bo‘lganmasofaninguchdan bir qismini tashkil etadi.Uyidan maktabgacha bo‘lgan masofa necha metr?

Masala asosida chizma chizing va yeching.

240m  qismi 240m

Jami- ?m




Yechish:240·3=720 (m)

Javob:uyidan maktabgacha 720 m

Mustahkamlash

VI. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa: Darsda faol qatnashgan, doskada misol masala bajargan va birinch bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman.Uyga vazifani e`lon qilaman.



Uyga vazifa 6-7- misol. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.

6. Kasr ko‘rinishida yozing:Uchdan ikki; beshdan bir; oltidan to‘rt; sakkizdan

besh; o‘ndan uch; o‘n ikkidan to‘qqiz.2/3; 1/5; 4/6; 5/8; 3/10; 9/12



7. Issiqxonadan 185 ta atirgul uzildi. Bu buyurtmaningchorak qismini tashkil etadi. Buyurtma bo‘yichanechta atirgul uzilishi kerak?
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling