Reja: Gapni bo’laklarga ajratish


Download 63.98 Kb.
bet1/13
Sana18.02.2023
Hajmi63.98 Kb.
#1209295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
EGA VA KESIM (BOSH BO\'LAKLAR) IKKI SOSTAVLI GAPLARNI SHAKLLANTIRUVCHI PREDIKATIV BIRLIKLAR EKANLIGI



EGA VA KESIM (BOSH BO'LAKLAR) IKKI SOSTAVLI GAPLARNI SHAKLLANTIRUVCHI PREDIKATIV BIRLIKLAR EKANLIGI


Reja:


  1. Gapni bo’laklarga ajratish

  2. Bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’laklar haqida

  3. Ega va kesimning ifodalanishi. Bir bosh bo'lakli va ikki bosh bo’lakli gaplar va ularning turlari

  4. Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar

  5. Ikki sostavli gaplarni shakllantiruvchi predikativ birliklar



Gapni bo’laklarga ajratish


Gap tarkibidagi o’zaro tobe bog’lanishda bo’lgan so’zlardan bittasi tobe bo’lak, ikkinchisi hokim bo’lak vazifasini bajaradi.Tobe bo’lak hokim bo’lakka bog’lanib, hokim bo’lak talab etgan sintaktik vazifada keladi.Ana shu vazifa gap bo’lagi nomi bilan yuritiladi. Gap tarkibida tobe bog’lanib ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’z birikmasiga gap bo’lagi deyiladi.gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo’laklar hisoblanadi.Uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi.gapdagi barcha bo’laklar kesimga qarab aniqlanadi.Gap bo’laklari gap tuzilishidagi vazifasiga ko’ra ikki guruhga, ikki darajaga bo’linadi:
1. Bosh bo’lak: kesim, ega
2. Ikkinchi darajali bo’laklar: to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol
Gapda kesim bilan bog’lanib , shu kesimdagi qo’shimcha ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladigan bosh bo’lak ega deb ataladi. Odam (kim?) ko’p , ish (nima?) kam. Atrof (qayer?) jimjit.
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan vao‘zaro tobе boG‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi dеb ataladi. Gap bo‘laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining turlarini bеlgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo‘lak bo‘lmas ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas. 
Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:
1) bosh bo‘laklar;
2) ikkinchi darajali bo‘laklar.
Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.

Download 63.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling