Fe'l-kesim: Mo’tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi.
Ot kesim: 1. Oltita bolani bag’riga olgan Mahkam taqachi -shu_(olmosh).
2. Sanasangiz-sanamasangiz ham hammasi qirqta (son).
3. Tez hal qilish kerak (harakat nomi), talabgorlar ko’p (ravish).
4. Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam -o’qish (harakat nomi), o’qiganda ham a’lo o’qish edi (harakat nomi).
5. Mingbuloq o’zi yaxshi. suv serob. lekin u qarovsiz (sifat).
6. Uning Vohid Mirobiddinov haqidagi gaplari ham qiziq (sifat).
7. Tabiatda hech qanday sirli kuch ta'sirida ro’y beradigan narsa yo’q (modal so’z).
Sodda kesim va murakkab kesim
Kesimlar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda kesim va
murakkab kesim. Birgina so’z bilan ifodalangan kesim sodda
kesim deyiladi: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Alisher Navoiy-
she'riyat quyoshi.
Ikki va undan ortiq so’z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim deyiladi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir. Uchrashuv qiziqarli bo’ldi.
Murakkab kesim tarkibidagi so’zlardan biri yordamchi so’zlar (ko’makchi fe’l, bog’lama, nisbiy so’zlar)dan bo’lishi mumkin. Murakkab ot-kesimlarning tuzilishi Murakkab ot-kesimlar ot (keng ma'noda) + bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fei yoki ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shiluvdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma'no otdan anglashiladi, ko’makchi yoki to’liqsiz fei qo’shimcha ma'no bildiradi va kesimning ega bilan bog’lanishini ta'minlaydi.
Kesim bilan egani bog’lashda xizmat qiluvchi bunday so’zlar bog’lama deyiladi. Bular asl mustaqil ma'nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir, ya'ni mayl, zamon, shaxs-son ma'nolarini ifodalashdan iborat.
Kesimni shakllantirishga xizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l-, qil-, edi, ekan, emish, hisoblan-, sana- kabi yordamchilardir.
Kerak, zarur, darkor so’zlari ham bog’lama vazifasida qo’llanadi.
Misollar:
1. O’sha kuni sovuq qattiq edi.
2. Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi.
3. Men kutib olishim kerak.
4. Akam talaba bo’ldi.
5. Fikrlar o’zingniki bo’lsin.
6. So’zga chiqishing shart.
7. Qo’shni xona doimo ozoda bo’ladi.
8. Hammasini aytib berishing darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |