Fan mavzusi: Davlat byudjeti Keys mavzuning nomi


Download 24.05 Kb.
bet1/5
Sana13.12.2022
Hajmi24.05 Kb.
#999277
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Давлат бюджети



Fan mavzusi: Davlat byudjeti


Keys mavzuning nomi: Byudjet daromadlari tarkibida soliqalarning o`rni.
Keysning asosiy maqsadi: Byudjet daromadlarida resurs to’lovlari va mol-mulk solig’ining salmog’ini oshirish yo’llarini aniqlash.
Kutilayotgan natijalar:
- resurs to’lovlari va mol-mulk solig’idan kelib tushadigan
daromadlarni yanada ko’roq miqdorda byudjetga tushishini ta’minlash yo’llarini
izlab topish;
- Byudjet daromadlarida resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i solig’ining ulushini ko’paytirish yo’llari bo’yicha takliflar berish.
Keysni muvaffaqiyatli yechish uchun talabalar quyidagi natijalarga erishishlari lozim:
- Byudejet daromadlari tarkibini o’rganish;
-Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’iga oid kerakli axborotni
topadi;
- Byudjet daromadlari rejasini va ijrosini tahlil qilish asosida resurs to’lovlari va mol-mulk solmog’ini oshirish yo’llarini ko’rsatish;
- Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’idan kelib tushadigan
daromadlarni byudjetga tushirishning takomillashgan yo’llarini izlab topish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar
quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:

- Davlat byudjeti daromadlari tarkibini bilishi;
- byudjet daromadlarining soliqli va soliqsiz daromadlarini farqlay olishi;
- to’g’ri va egri soliqlar farqlay olishi;
- resurs to’lovlari va mol-mulk solig’iining to’lovchilari tarkibini bilishi;
- jadval ma’lumotlarini tahlil qilishni.
Mazkur keys institutsional tizimning real faoliyat asosida ishlab chiqilgan
va Byudjet daromadlari tegishli (aniq) manbalar asosida tayyorlangan hisoblanadi.
Mazkur keys xona tadqiqotlari asosida syujetsiz toifasiga kiradi. Byudjet daromadlarining tahliliy ko’rsatkichlari asosida tuzilgan. Keysning obyekti bo’lib: resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i hisoblanadi. Ushbu keys ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan. U tuzilmaviy, kichik hajmdagi keys – stadi hisoblanadi.

Download 24.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling