Fan metodlari umumilmiy xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot metodlari


Download 46.42 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi46.42 Kb.
#1344621
  1   2   3
Bog'liq
FAN METODLARI UMUMILMIY XUSUSIY ILMIY VA FANLARARO TADQIQOT METODLARI falsafa


FAN METODLARI UMUMILMIY XUSUSIY ILMIY VA FANLARARO TADQIQOT METODLARI
Reja:  
1. Metod va metodologiya tushunchalari. O’zgarish, o’zaro aloqadorlik,
harakat, taraqqiyot tushunchalarining nisbati.
2. Qonun va qonuniyat.
3. Mavjudlik, o’zgarish vai o’zaro bog’liqlikning asosiy shakllari. Falsafiy
kategoriyalar. Alohidalik, xususiylik umumiylik. Struktura va elment .
O’zbekiston taraqqiyotida butun va qism.

KIRISH
Falsafada bilish masalasini qanday talqin qilishlariga ko’ra va bunda qanday


metod va metodologiya tamoyillariga tayanganliklariga ko’ra faylasufalar turli
oqim , yo’nalishlarga ajraladi.
Shu bois «metod» va «metodologiya» tushunchalari mazmuni xususida
to’xtalamiz.
Metod (yunon. metods - usul) keng ma’noda ijodiy faoliyatning har qanday
shakli ma’nosini ifodalaydi. Metod bilimdagi u yoki bu shaklda qoida, tartib, usul
yig’indisidir.
Metodologiya tushunchasi ikki mazmunga ega:
1.
Ijodiy
faoliyatda
qo’llaniladigan
ma’lum
usullar
tizimi
(fanda,siyosatda,san’atda va x).
2.
Metodlar yig’indisi va faoliyat turi haqida ta’limotdir yoki metod
haqidagi nazariya.
Fan metodologiyasi uning strukturasi,taraqqiyoti,ilmiy tadqiqot vositalari va
usullari,uning natijalarini asoslash yo’llari,bilimni tajribaga tadbiq qilish
mexanizmi va shakllarini o’rganadi.
Falsafada metod, metodologiya masalasi insonning borliqni va o’z borlig’ini
bilish masalasi hisoblanadi. shunga ko’ra mazkur masala falsafa tarixida bahs

231


mavzui bo’lib kelgan holda, u doimo faylasuflarning diqqat e’tiborida bo’lgan. Va
bugungi kunda ham ushbu masala hozirgi zamon falsafiy yo’nalishlarida
metodologiya bilishning muhim omili, vositasi bo’lib hisoblanadi. Masalan,
falsafiy, xususan ijtimoiy metodologiya hozirgi zamon germenevtikasida
muammolar yechimini tahlil qilishda keng qo’llanilmoqda.
Har qanday metodlar muayyan ilmiy nazariyalar negizida yaratiladi va bilish
quroli vazifasini bajaradi. Va mazkur bilishning natijasi o’z navbatida metodlar
uchun xizmat qiluvchi nazariyalarning boyishi mukammallashishiga xizmat qiladi.
Shu manoda har qanday metod real hayotiy bilish jarayonida shakllanadi. Metod
haqiqiyligi tadqiqot predmeti (obektning) va bilish subyekti mazmuni bilan
bog’liq.
Shu bois metodning bilish usuli ekanligi nazariya , predmet(obyekt) va
subyekt tushunchalarining mazmuni orqali anglashiladi. Darxaqiqat, metod
subyekt va obyektning dialetik birligida amal qiladi, mukammallashib, rivojlanib
boradi.
Metodlar turli asoslar-mezonlar bo’yicha tasniflanadi. Qaysi sohada
qo’llanishiga ko’ra moddiy, ma’naviy, g’oyaviy turlarga , uslubiyatga ko’ra ilmiy-
nazariy va amaliy faoliyat turlariga ajratiladi.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika doimiy materiallarni yig’ish va
saralash vositasi,aniq faoliyat turidir.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko’ra bir necha guruhlarga
bulinadi:eng umumiy metodlar,umumiy va xususiy metodlar. Eng umumiy
metodlar falsafiy metodlardir,u barcha bilim sohalari, faoliyat uchun metodologiya
bo’lib xizmat qiladi.
Falsafiymetodlar:dialektika,metafizika,sinergetika,sofistika.
Dialektika (yunon dialektika-bahs.) tabiat , jamiyat va bilish taraqqiyoti
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va
amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir.
Abadiy va azaliy uzluksiz, o’zoro aloqadorlik, vaqtning ortga qaytmasligi,
rivojlanish va taraqqiyot, olamining birligi dealektikaning asosiy tamoyillaridir.
Falsafada ana shu tamoyillarga asoslangan tafakkurni- dialektik tafakkur,
dunyoqarashni- dialektik dunyoqarash, metodni-dialektik metod deb yuritiladi.

232


Qadimgi davrda Geraklit ( eramizdan avvalgi 540-483) dialektikani bilish
metodi sifatida talqin qilgan bo’lib, bu qarash keyinchalik Gegel tomonidan yanada
chuqurroq tahlil qilinadi. U dialektikani falsafiy metod, ta’limot darajasida ishlab
chiqadi.
Metafizika ( yunon meta Physic fizikadan keyin) dialektika kabi unversal
metoddir. Hozirgi zamon fanida metafizika uch asosiy ma’noni anglatadi. Bular:
1.
Umumiy hodisalar haqidagi falsafiy fandir. Uning asosi Arastudir.
2.
Umuman borliq haqidagi ta’limot bo’lib, nazariya bilish mantig’i va
uning xususiy ko’rinishlaridan mustasnodir.
3.
U bilish ( tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida
dialektikaga qarama-qarshi qo’yiladi. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir
tomonlamalik
bilish
jarayonining
faqat
nisbiy
xaqiqat
darajasini
mutlaqlashtirishdir. U turli tarixiy shakllarda, turli davrlarda o’zgarib borgan:
metafizik matrializm, natur falsafa va x.

Download 46.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling