- Risklarni baholash algoritmi
- Risklarni baholash algoritmi (ketma-ketligi) quyidagi tartibda bo`ladi:
- birinchidan, korxonalar foydasining shakllanishiga ta`sir etadigan risklarni turli xil variantlari mavjud bo`lganda uning eng optimal variantlarini tanlash va tegishli qarorlar qabul qilish,
- shuningdek, turli xil oraliqlarda qarorlar qabul qilinishi avvalgi qabul qilingan qarorlarga bevosita bog`liqligi va uni istiqbolda yanada rivojlantirish holatini aniqlab beradi.
ZARARSIZLIK NUQTASI. - Zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili
- Zararsizlik miqdori – firma foyda olishni boshlashidan oldin sotishi lozim bo’lgan mahsulot miqdori.
- Kichik korxonalar ham, yirik korxonalar ham zararsizlik tahlilidan ikki sababga ko’ra foydalanishadi: u sodda tasavvurlarga asoslanadi va korxonalar zararsizlik modelidan olingan ma’lumot qaror qabul qilish shart bo’lgan vaziyatlarda qo’l keladi deb hisoblaydilar.
- Zararsizlik tahlili firma ishlab chiqaradigan mahsulotning zararsizlik miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Xo’sh, mahsulotning zararsizlik miqdori nimani anglatadi?
- U mahsulotning absolyut (mutlaq) miqdori bo’lib, u firma daromadlarining (yoki soliqlar va foizlar to’langungacha daromad) nolga teng bo’lishini ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, zararsizlik tahlili tahlilchiga barcha xarajatlarni qoplash uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerakligini aniqlashdava turli ishlab chiqarish hajmlari orqali ishlab topiladigan soliqlar va foizlar to’langungacha daromadni hisoblashda yordam beradi.
- Zararsizlik modelining asosiy elementlari
- Zararsizlik modelini qo’llash uchun biz kompaniya ishlab chiqarish xarajatlarini ikki o’zaro bog’liq bo’lmagan kategoriyalarga ajratishimiz kerak bo’ladi: o’zgarmas xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlar.
- O’zgarmas xarajatlar – savdo hajmi yoki ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o’zgarishi bilan puldagi umumiy qiymati o’zgarmaydigan xarajatlar. Ular shuningdek, bilvosita xarajatlar deb ham ataladi.
- Ishlab chiqarish jarayonidagi ayrim o’ziga xos o’zgarmas xarajat namunalari quyidagilar:
- O’zgaruvchan xarajatlar. O’zgaruvchan xarajatlar ba’zan bevosita xarajatlar deb ham ataladi. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajat ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgaradi. Jami o’zgaruvchan xarajatlar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajatni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |