Fan: moliya mavzu: Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g’inlari


Download 0.64 Mb.
bet1/8
Sana09.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1760297
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-oraliq moliya

FAN:MOLIYA

Mavzu: Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g’inlari


TAYYORLADI: ASADOV. N TEKSHIRDI: SHERNAYEV. A

REJA:

  • Kirish
  • Mamlakatda davlat moliya tiziminig asosiy bo’g’inlari qaysilar
  • Mamlakatda davlat moliya tiziminig har bir bo’g’ini haqida qisqacha malumot
  • Bazi xorijiy mamlakatlar pensiya fondlari
  • Xulosa

Kirish

  • Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi

Mamlakatda davlat moliya tiziminig asosiy bo’g’inlari qaysilar

  • Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan ob’ektiv ravishda yangicha yondashuvni taqazo etdi.
  • Unga muvofiq ravishda ,moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo’linadi:
  • 1.Davlat moliyasi va mahalliy moliya;

    2.xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi;

Moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin: 1.davlat byudjeti; 2.maqsadli nobyudjet fondlari; 3.davlat krediti.

  • Moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin: 1.davlat byudjeti; 2.maqsadli nobyudjet fondlari; 3.davlat krediti.
  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat: 1.tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; 2.moliyaviy vositachilar moliyasi; 3.notijorat tashkilotlari moliyasi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling