Fan: moliya mavzu: Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g’inlari
Download 0.64 Mb.
|
1-oraliq moliya
Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi, moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar. Iqtisodiy tuzumdagi o‘zgarishlar natijasida tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi xususiy kapitalini saqlab qolgan holda foyda olish bo‘lib qoldi. Tijorat tashkilotlari va korxonalari tadbirkorlik faoliyatini olib borishida ishlab chiarishni tashkil etish va mahsulot realizatsiyasi, xizmatlar ko‘rsatish ishlarini bajarish, o‘z moliyaviy resursalirini shakllantirish va moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb qilish, ularni taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi.
Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi – bu xususiy kapitalni, maqsadli pul fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va ishlatish jarayonidagi tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan pul munosabatlari. Taqsimlash funksiyasining vositasida ta’sischilarning qo‘yilmalari hisobiga birlamchi kapitalni shakllantirish, ularni ishlab chiqarishga avanslashtirish, kapitalni takror ishlab chiqarish, daromadlar va moliyaviy resurslarni taqsimlanishida alohida tovar ishlab chiqaruvchilarning, xo‘jalik subyektlarining va to‘laligicha davlatning manfaatlarini optimal hisobga olinishini ta’minlovchi asosiy mutanosibliklarni yaratish amalga oshadi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling