Fan: Musiqa 1-sinf Sana: Sinf


Download 444.85 Kb.
bet1/62
Sana13.02.2023
Hajmi444.85 Kb.
#1193322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
1 sinf musiqa konspekt



Fan: Musiqa 1-sinf
Sana: ___________________ Sinf: ______________________
1-dars
Mavzu: Biz yoqtirgan kuylar
Texnologik xaritasi

Maqsad vazifalar.

Maqsad:
Ta`limiy: Musiqa savodida musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minorlari haqida tushuncha beradi.
Tarbiyaviy: milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish.
Rivojlantiruvchi: Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarning musiqa – o‘quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish
Vazifalar:- Musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;

O’quv jarayoning mazmuni

O‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi

Uslub: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari, hikoya, suhbat, savol-javob, “Klaster”,
Shakl: Suhbat-munozara, guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, notalar yoki audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg’u asbobi, rag’batlantiruvchi kartochkalar.
Usul: Tayyor yozma materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.
Baholash: Rag’barlantirish. 5 balli tizim asosida baholash.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: Mavzuni berilgan vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish. O’quvchilar faolligini oshirish. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish o’yg’otish. Dars jarayonida ko’proq o’quvchini baholashga erishish. Savol-javoblarga qatnashib, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O’quvchi: Musiqa haqida bilimlar egallaydi, yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi, nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladi va baholay oladi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirib, darsda qo’llash, o’z ustida ishlash, mavzuni xayotiy voqyealar bilan bog’lash, pedagogik mahoratini oshirish, ko’proq qo’shimcha ma’lumotlar berib, o’quvchilarni madaniy saviyasini oshirishga erishish.
O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzuga asoslanib qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Fikri va guruh fikrini tahlil qilib, mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi. Musiqiy bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.

Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:

Fanga oid kompetensiyalar:


1. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi
2. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi
3. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi

Tayanch kompetensiyalar:

  1. K ommunikativ kompetensiya


Download 444.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling