Fan: Musiqa 1-sinf Sana: Sinf


Download 444.85 Kb.
bet2/62
Sana13.02.2023
Hajmi444.85 Kb.
#1193322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
1 sinf musiqa konspekt

A xborot bilan ishlash kompetensiyasi

  • S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi

  • I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  • U mummadaniy kompetensiyasi

  • M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

    Darsning blok chizmasi:

    1

    Tashkiliy qism:
    a) salomlashish
    b) davomat aniqlash
    v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirsh.

    2

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash mustahkamlash: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari yordamida takrorlanib, mustahkamlanadi.

    7

    3

    O’quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.

    10

    4

    Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, arab hamda eron musiqa asaridan namunalar eshittirilib, suhbat-munozara o’tkaziladi.

    8

    5

    Musiqa savodi: Darslikda berilgan kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarni aniq va ravon sof tovushda kuylashga erishish.

    8

    6

    Jamoa bo’lib kuylash

    7

    7

    Dars yakuni: Test sinovlari orqali mavzuni mustahkamlash.
    Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, qo’shiqni yod olish

    3

    Darsning maqsadi.:


    1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqida ma`lumot berish.
    2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
    3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
    Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
    Dars turi: Yangi bilim beruvchi
    Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
    Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism:
    Navbatchi axborotini tinglash
    Darsga hozirlik ko`rish.
    Fasl haqida suhbat.
    II.Yangi mavzu bayoni:
    O`qituvchi DVD orqali sho`x kuy eshittiradi. So`ng o`quvchilardan qanday holatni boshdan kechirayotganliklari so`raladi ( Xursand bo`lganlarini aytadilar) So`ng biroz g`amgin kuy namoyish etiladi. (o`quvchilarning kayfiyati tushganligini aytishadi) Demak, bolalar kuy –qo`shiqlar inson ruhiyatiga juda ham ta`sir etadi. Biz sizlarning musiqiy savodxonliklaringizni ham oshirish uchun, maktabda xursand yurish, bilim olishga bo`lgan qiziqishingizni oshirish maqsadida musiqa fanini o`rganamiz.
    Musiqa darslarida biz musiqa tinglashni, qo`shiq eshitishni, uning mazmunini tushunib, tahlil qilishni, kuyga mos ravishda qo`shiq aytishni, shuningdek musiqa bilan birgalikda olam go`zalligini ilg`ay olishni o`rganamiz.
    Biz Vatanimizni juda ham sevamiz. Bizning Vatanimiz O`zbekistondir. Vatanimiz yoshlari sport sohasidami, fan sohasidami yutuqqa erishganda Vatanimizning madhiyasini eshittirishadi. Shuningdek Prezidentimiz biror-bir yurtga safar qilishganda ham shu yurtda avvalo bizning madhiyamizni hurmat yuzasidan ijro ettiradilar.Demak, bugun biz sizlar bilan Ozbekiston Respublikasinin Davlar madhiyasini o`rganamiz.
    Bolalar, qo`shiqlar o`z-o`zidan hosil bo`lmaydi.Buning ushun shoirlar tomonidan chiroyli she`rlar yoziladi. So`ng bastakorlar shu she`rga mos kuy bastalashadi.Demak , qo`shiqlarning kuyini bastakorlar yozadilar. Undan so`ng qoshiqchilar chiroyli qilib ijro etishadi. Bilasiz, chiroyli qo`shiq kuylanganda bulbulday ovozi bor ekan deyishadi. Yoki qushlar sayraganda “Buncha ham chiroyli sayramasa?” deb qo`yamiz. Demak, qo`shiq va kuylar tabiat hodisalaridan olingan. Hatto kichik go`dak ham ona allasini eshitgan zahoti orom oladi. Demak , qo`shiq, kuylar insonga orom bagi`shlar ekan.
    O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10 –dekabrda tasdiqlangan.Madhiyaning matnini Abdulla Oripov yozgan, Mutal Burxonov kuy bastalagan. (Shu o`rinda A.Oripov va M.Burxonov haqida kichik ma`lumot berib o`tamiz). Madhiya DVD orqali eshittiriladi. So`ng Vatanni madh etuvchi qo`shiq P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi bilan ijro etiluvchi “Aziz bo`ston O(`zbekiston” qo`shig`i o`quvchilarga o`rgatiladi.
    IV. Mustahkamlash.
    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.So`ng birgalikda “Aziz bo`ston O`zbekiston” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
    Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
    Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
    2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
    V. O`quvchilarni baholash.
    Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
    VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
    Uyga vazifa O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasini ijro etib kelishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.

    Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________




    Download 444.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling