*
I. O‟quv fani o‟qitilishi bo‟yicha
uslubiy ko‟rsatmalar
*
“Neft konlarini ishlatish” fani ixtisoslik
fanlar blokiga
kiritilgan kurs hisoblanib,
fan kursda o‟qitilishi zarur hisoblanadi.
*
Mazkur fanni o‟rganmasdan turib, neft
konini ishlatishning nafaqat
sanoat-sinov
muddatiga mo‟ljallangan boshlang‟ich,
balki keyingi
loyihalarini ham tuzish
mushkul hisoblanadi.
Mavzu: “Neft konlarini ishlatish” faniga
kirish va asosiy tushunchalar
*
II. Fanni o„qitishni maqsad va vazifalari
*
Fanni o„rganishdan maqsad – talabalarda neft va gaz
qazib
olish texnika va texnologiyasi, neft konlarini
ishlatish va
ishga tushirish, konlarni ishlatishning
texnologik rejimini tuzish konni ishlatish usullari va
kondan mahsulot olishni jadallashtirish kabi
ma‟lumotlar bilan tanishtirishdan iborat. Shuningdek
konni ishlatishni optimizatsiyalash, tahlil qilish
usullari, elektron hisoblash texnikasini qo„llash
usullari ham o„rgatiladi.
*
Fanning vazifasi - talabalarga konlarda qo„llaniladigan
zamonaviy texnika va texnologiyalarning
xususiyatlarini o„rganishdan iborat.