Fan nomi: Axborot xavfsizligi(tanlov fan)


Download 11.11 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi11.11 Kb.
#1274485
  1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU-1 kirish хавсизлик

Axborot xavfsizligi (tanlov fan)

Ma’ruza


Ma’ruzachi: Q. G’oziyev

Fan nomi: Axborot xavfsizligi(tanlov fan)

Fan nomi: Axborot xavfsizligi(tanlov fan)

Fan o’qituvchisi : Informatika kafedrasi katta o’qituvchisi

G’oziyev Quyosh Azamatovich

 

Umumiy soatlar:

 

V-semestr:

Ma’ruza – 16 soat

Amaliy mashg’ulot – 18 soat

Mustaqil ta’lim - 92 soat

Haftasiga 2 soat = 2 soat(ma’ruza)/2 soat(amaliy)

1-mavzu: Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi

Reja:

  • Axborot xavfsizligi
  • Milliy xavfsizlik tushunchasiva xavfsizlik mexanizmlari va turlari
  • Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari va darajalari
  • Mustaqil ta’lim mavzusi: “O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” qonunni tahlil qilish


Tayanch iboralar: Axborot xavfsizligi, konfidentsiallik, buzg’unchi, milliy xavfsizlik, xavfsizlik mexanizmlari, yaxlitlik, vakolat berish,foydalanishni nazoratlash.

Axborot xavfsizligi

Kompyuter texnikasi va axborot tizimlarining iqtisodda, boshqarishda, aloqada, ilmiy tadqiqotlarda, ta’limda, xizmat ko’rsatish sohasida, tijorat, moliya va inson faoliyatining boshqa sohalarida qo’llanilishining rivoji axborotlashtirish va, umuman, jamiyat rivojini belgilovchi yo’nalish hisoblanadi. Kompyuter texnikasining qo’llanishi evaziga erishiluvchi samara axborot ishlanishi ko’lamining oshishi bilan ortib boradi. Ushbu texnikaning qo’llanish sohalari va ko’lami uning ishlashining ishonchliligi va barqarorligi muammolari bilan bir qatorda unda aylanuvchi axborot xavfsizligini ta’minlash muammosini tug’diradi.

Axborot xavfsizligi

Axborot xavfsizligi deganda– axborotning nomaqbul (axborot munosabatlarining tegishli sub’ektlari uchun) oshkor qilinishidan (konfidentsialligining buzilishidan), buzilishidan (yaxlitligining buzilishidan), yo’qotilishidan, modifikatsiyalanishidan yoki foydalanuvchanlik darajasining pasayishidan hamda noqonuniy tirajlanishidan himoyalanganligi tushuniladi. Ushbu hodisalarning sababchisi tasodifiy ta’sirlar yoki buzg’unchining (niyati buzuqning) atayin ruxsatsiz foydalanishi natijasidagi ta’sirlari bo’lishi mumkin.


Download 11.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling