Fan nomi: Elektr ta‘minoti tizimining ishonchliligi Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi
Elektr ta‘minoti tizimi holati ehtimolligini tahlil qilish usuli
Download 1.04 Mb.
|
10-MAVZU. ELEKTR TA‘MINOTI TIZIMIDA ...17.03
10.2. Elektr ta‘minoti tizimi holati ehtimolligini tahlil qilish usuli
Bu usul yordamida tizim va uning elementlari holati bilan tizim holati ehtimoli orasidagi bog‘liklikni hisobga olish mumkin. Tizimning ishonchlilik ko‘rsatkichlari-ga elementlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati cheklanishlari ta’siri (qizish toklari, kuchlanish yo‘qotilishi va boshqalar) miqdorini baholash qisman elektr energiyani to‘liq uzatilmaslikka ta‘siri ham aniqlanadi. Tarmoqning mantiqiy funksiyalanishiga mos ravishda hisobiy elementlar ajratilib, tizimning har xil holati ishonchliligini ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Tizim-ning real elementlari hisobiy guruhlarga birlashadi, ularning ishdan chiqishi barcha bir-biriga bog‘langan elementlarni o‘chirishga olib keladi. Odatda bunday guruhga sxemada avtomatik kommutatsiya apparatlari bilan ajratilmagan elementlar kiradi. Ishonchlilik nuqtai nazaridan bunday elementlar ketma-ket ulangan bo‘lib qoladi. Real elementlarning ishonchlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobiy guruhlarning ishonchlilik darajasi aniqlanadi. Bitta va ikkita avariyaviy o‘chirilgan elementlar bilan tizimning har xil holat-lari tahlil qilinadi. Bitta avvaldan o‘chirilishi kerak bo‘lgan elementga boshqa elementning avariyaviy holati to‘g‘ri kelishi nazarda tutiladi. Kam o‘chirilgan holat uchta va undan ortiq elementlarning o‘chirilishi hisobga olinmaydi. Tizimning har bir holati uchun ishdan chiqishlar oqimi va avvaldan mo‘ljal-langan o‘chirishlar parametrlari λij va uning ehtimoli Qij aniqlanadi. Tizim va elementlarning ish rejimi hisoblanib ruxsat etilgan qiymatlari bilan solishtiriladi. So‘ngra iste‘molchilarga yetkazib berilgan energiya va tugunlarida rejimni ta‘minlash uchun yoki quvvat chegaralanishidan kelib chiqadigan ziyonni kamaytirish uchun kerak bo‘ladigan quvvat miqdori baholanadi. Uzatilmagan energiya tizimining barcha holatlaridagi uzatilmagan energiyaning yig‘indisiga teng deb hisoblanadi. Tizim holati ehtimolini tahlil qilish usuli katta energetika tizimlari uchun asosiy usuldir. Ishonchlilikni baholashda bu usul tizimning har xil holatlarini aks ettira oladi. Lekin bu usulda hisoblash katta mehnatni talab qiladi, chunki har bir holat uchun quvvat oqimi taqsimotini hisoblash zarur. Yuklamaning har bir tuguniga nisbatan sxema ishonchliligi strukturasini baho-lash ahamiyatliroq bo‘lgani sababli ko‘pincha ishonchlilikni hisoblashda element-larning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini chegaralanishi e‘tiborga olinmaydi. Bu holda ehtimollikni to‘liq formulasi va murakkab sxemalarni strukturaviy tahlil qilishga asoslangan boshqa usullar qo‘llaniladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling