Fan nomi: Elektr ta„minoti tizimining ishonchliligi Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi
1.2. Energetika tizimining ishonchliligi
Download 224.97 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. ENERGETIKA VA ...
3
1.2. Energetika tizimining ishonchliligi Umuman olganda ishonchlilik deb ob„ekt (uskunalar, tizim elementlari)ning berilgan funksiyalarini berilgan hajmda, berilgan vaqt mobaynida ko„rilayotgan sharoitda bajarib o„z ishlash holatini me„yoriy hujjatlarda ko„rsatilgan oraliqda saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi. Ma„lumki, elektr ta„minoti tizimining asosiy vazifasi barcha iste„molchilarni kerakli miqdorda sifatli elektr energiyasi bilan ta„minlashdan iborat. Shunga ko„ra, elektr ta„minotini ishonchliligi iste„molchilarni davlat standarti (GOST) va elektr usunalarni ishlatish qoidalari (PUE)da ko„rsatilgan chastota va kuchlanishni og„ishi oralig„ida elektr energiya bilan ta„minlash hamda inson hayotiga, atrof-muhitga xavf solmaslikdir. Elektr energetika va elektr ta„minoti tizimini ishonchliligi uning ayrim elementlari (generatsiya agregatlari, transformatorlar, elektr uzatuv liniyalari, kommutatsiya apparatlari, himoya va avtomatika qurilmalari va boshqalar)ni, sxemani (zaxiralash darajasi) va ish rejimini ishonchligi (statik va dinamik muvofiqlik zaxirasi) hamda tizimning yashovchanligi, ya„ni zanjirli xarakterdagi tizim shikastlanishlariga halokatsiz bardosh bera olishi yoki avtomatik chastotali yuksizlantirish (AChR)ga ulanmagan iste„molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta„minlash orqali aniqlanadi. Elektr energetika tizimini ishonchliligi quyidagilarga asosan aniqlanadi: - quvvatni generatsiya qilish tarkibiga; - asosiy elektr tarmoqlarini o„tkazuvchanlik qobiliyati va sxemasiga; - elektr stansiyalarning sxemalariga; - elektr energetika tizimida ishlatiladigan asosiy uskunalarning ishonchliligi va boshqa texnik xrakteristikalariga; - shikastlanishga qarshi va rejimli avtomatikani hisobga olgan boshqarish tizimini takomillashtirilganligiga; Download 224.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling