Konstruktsiyalarni tanlash va konstruksiya variantlari.
Mashina parametrlarini, asosiy sxemasi va konstruksiya turini tanlashda mashina iqtisodiyligini aniqlovchi faktorlar diqqat markazida bo’lishi kerak, yuqori foydali ishi, kam energiya iste’moli va xizmat ko’rsatishga kam harajatliligi, ishlatishga qulayligi hamda qo’llanishi uzoq muddatligidir.
Loyihalanayotgan mashina sxemasini bir nechta variantlarini paralel holda ishlash yo’li bilan tanlanadi.
Bunda ishlangan variantlarni konstruktiv muvofiqligi, kinematik va kuch sxemalarini, tayyorlash narxini ishchi kuchlariga harajatlarini, harakat ishonchliligi gabaritlari, metall xajmi va og’irligi, texnologiyaviyligi, agregatlanish darajasi, mehnat ko’rsatish qulayligi, sozlash kabilarnichuqur solishtirish bilan tanlanadi.
Sxema qay darajada kelgusi rivojlantirishni, mashinani ishlab chiqarilayotgan mashina va modellari asosida yangi zamonaviy modellar yaratishni aniqlab borish kerak. Sxema va agregatni asosiy parametrlarini tanlanganidan so’ng, eskiz so’ngra ishchi kompanovka ishlanadi. Bularni eskiz texnik va ishchi loyihalar asosida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |