Fan nomi: mutaxasislikka kirish tayyorladi: gaziyeva diloram abdumuminovna


Talaba mustakil ishini baxolash tartibi


Download 138.65 Kb.
bet2/3
Sana23.06.2023
Hajmi138.65 Kb.
#1650855
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ta\'lim natijalarini baholash

Talaba mustakil ishini baxolash tartibi

  1. Talabalar mustaqil ishini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi.

  2. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga о‘quv yili semestri boshlanishidan oldin har bir fan professor-о‘qituvchisi tomonidan talabalarga о‘quv-uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.

  3. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bо‘yicha о‘zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlarida hamda har о‘quv yilida kamida 2-marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi.

  4. Talabalarning mustaqil ishi xar bir kafedraning reyting oynasida yoritib boriladi.

  1. Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada fan о‘qituvchisi tomonidan rо‘yxatga olinadi va о‘quv yili mobaynida saqlanadi.

  2. Oliy ta’lim muassasasida yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi.

  3. Yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari fakultetlarning Web saxifalarida e’lon qilinib boriladi.

Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan xozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni kо‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ul-lanmasa va о‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur о‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, kо‘nikma va malakalari mustqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat kо‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bо‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil talim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni о‘qitish bilan bir qatorda ularni kо‘prok о‘qishga о‘rgatish, bilim olish yо‘llarini kо‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yо‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan о‘quv dasturida belgilangan bilim, kо‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan о‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoridan tashqarida о‘zlashtirilishiga yо‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
О‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMI ni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘lik. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarning ta’limning navbatdagi turi oliy ta’lim talablariga kо‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida о‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumot­larni qaysi manbadan, qanday qilib topish, konspektlashtirish, о‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, о‘z vaktlarini tо‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini tо‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bо‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruxan tayyor bо‘lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-о‘qituvchi dastlab talabadan о‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni tо‘g‘ri tashkil qilishga о‘rgatib borishi lozim bо‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil о‘zlash-tiriladigan bilim va kо‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga kо‘nika boshlangan talaba faqat о‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, о‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, о‘zi zarur deb hisoblangan qо‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab о‘zlash-tirishga о‘rganib boradi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda qо‘yidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim: о‘qish bosqichi;
muayyan fanning о‘ziga xos xususiyati va о‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; talaba­ning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
-fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi;
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga kо‘nikmalar hosil bо‘lishiga muvofik ravishda о‘zgarib, olib borishi lozim. Ya’ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va iktisodiy yondashishga о‘rgatib borish kerak bо‘ladi.
TMI ni tashkil etishda talabaning akademik о‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda qо‘yidagi shakllardan foydalanish mumkin:
fanning ayrim mavzularini о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish, о‘quv manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;
ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
kurs ishi (loyixalar)ni bajarish; bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyasi uchun materiallar to‘plash;
xisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
maket, model va adabiyotlar ustida ishlash;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezis va ma’ruza tayyorlash;
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilish kerak.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshi- riladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar musta­qil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning moxiyatini anglagan holda mavzuga taaluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va x.k.) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha matn kafedrada himoya qilinadi.

Download 138.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling