Fan nomi: mutaxasislikka kirish tayyorladi: gaziyeva diloram abdumuminovna
Download 138.65 Kb.
|
mustaqil ta\'lim natijalarini baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash
FAN NOMI: MUTAXASISLIKKA KIRISH TAYYORLADI: GAZIYEVA DILORAM ABDUMUMINOVNA GURUH: BT-103 TEKSHIRDI: ABDULLAYEA BARNO PO'LATOVNA MUSTAQIL ISH MAVZU: MUSTAQIL TA'LIM NATIJALARINI BAHOLASH Xozirgi zamon talabiga kо‘ra ta’lim jarayoni bu talabalarga faqat bilim berish, ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlardan foydalanish bо‘yicha о‘quv kо‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bо‘lmay. Balki, ularga mustaqil bilimlarni qidirib topish, о‘zlashtirish shakllari, usullari, vositalarini о‘rgatishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlangan sohasi bо‘yicha mustaqil faoliyat kо‘rsata oladigan, о‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib borilgan, masalaga oladigan ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni tо‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Talabalarda mustaqil bilimlarni tо‘ldirib borish, ma’lumotlar oqimi ichidan kerakligini ajratib olish va ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirish, sifatli kadrlar tayyorlash jarayonining asosiy yо‘nalishlaridan biri xisoblanadi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash Har bir fan bо‘yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi (ishchi о‘quv rejasiiing 10- ustunida keltirilgan) profsssor-о‘qituvchi shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bо‘limida (1540 soat doirasida) qayd etiladi. Talaba kurs ishi (loyixasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlashga ajratilgan soatlar, professor-о‘qituvchi shaxsiy ish rejasiniig о‘quv ishlari bо‘limida qayd etiladi. Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigai fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultasiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talabaning mustaqil ishi bо‘yicha konsultasiya soatlari guruh jurnalida qayd etib boriladi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish о‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bо‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. Talabaning - reyting kо‘rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bо‘yicha, an’anaviy guruh reyting oynasida va (yoki) fakultetning maxsus elektron tarmog‘ida yoritib boriladi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash me’zonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash me’zonlari talabalarga о‘quv yili (semestri) boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. Mustaqil ish bо‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55% dan kam ball tо‘plagan talaba fan bо‘yicha yakuniy, nazoratga quyilmaydi. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bо‘yicha о‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlari va fakultet ilmiy kengashlarida muhokama etib boriladi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida rо‘yxatga olinadi va о‘quv yili mobaynida saqlanadi. Talabaning kurs ishi (loyixasi)ni xamda malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertasiyasini rо‘yxatga olish va saqlash tartibi tegishli meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasasida yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantiriladi. Download 138.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling