Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti toʻgʻrisida nizo m


-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 33.49 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi33.49 Kb.
#1128610
1   2   3
Bog'liq
Fan olimpiadalari departamenti nizomi

2-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Olimpiadalarni tashkil etish boʻlimining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
umumiy oʻrta taʼlim maktablari, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida tuman, viloyat, respublika miqyosidagi fan olimpiadalarini tashkil etish;
o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni maxsus elektron platformaga joylashtirilishini ta’minlash va uni nazorat qilish;
olimpiadalarni tashkil qilish va o’tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar tayorlash hamda ularni hududlarda ommalashtirish, tushuntirish ishlarini olib borish, seminarlar tashkil qilish;
Boshqa vazirlik idoralar, hokimliklar va xususiy sektor bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan qoʻshimcha respublika olimpiadalarini tashkil etish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablari, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida mahalliy va xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etishni taʼminlaydi.
8. Iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash va terma jamoa ishtirokini taʼminlash boʻlimining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
iqtidorli oʻquvchi yoshlarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlab borish, sohada ilgʻor tajribalarni ommalashtirish va ular asosida taʼlim muassasalari uchun tavsiya va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasini saralash bosqichlarini tashkil qilish va o‘tkazish;
mintaqaviy va nufuzli xalqaro olimpiadalarda iqtidorli oʻquvchilar ishtirokini taʼminlashni tashkil etish bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshirish;
xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan olimlar, professor-oʻqituvchilar, xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda tayyorlash, maxsus kurslar tashkil etish.
9. Nazorat materiallarini tayyorlash boʻlimining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda olimpiadalar uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish;
respublika boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiadalar uchun tuziladigan nazorat materiallarini xalqaro olimpiadalar metodologiyasida bo‘lishini ta’minlash;
xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi milliy terma jamoani shakllantirish boʻyicha saralash bosqichlarida xalqaro olimpiadalar darajasidagi nazorat materiallarini tayyorlash;
har chorakda oʻtkaziladigan onlayn olimpiadalar uchun nazorat materiallarini ishlab chiqish onlayn tarzda olimpiadalar tashkil qilish orqali iqtidorli oʻquvchilar zaxirasini shakllantirish;
fanlar bo‘yicha hakamlar hay’ati a’zolari va mualliflar bazasini shakllantirish;
olimpiadalar uchun hakamlar hay’atini jalb qilish va topshiriqlarni ishlab chiqish ular bilan shartnomalar tuzish;
iqtidorli oʻquvchilar zaxirasiga kiritilgan oʻquvchilar uchun tizimli ravishda nazorat materiallari bilan taʼminlab borish va mualliflar bilan topshiriqlar uchun shartnomalar tuzishni ta’minlash.
10. Departament xodimlariga ushbu Nizomga yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifa va funksiyalarni yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Download 33.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling