Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti toʻgʻrisida nizo m


-bob. Departamentning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi


Download 33.49 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2023
Hajmi33.49 Kb.
#1128610
1   2   3
Bog'liq
Fan olimpiadalari departamenti nizomi

3-bob. Departamentning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
11. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Departamentning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni vazirlik tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalardan, shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun vazirlikning rahbari bilan kelishgan holda vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishi uchun vazirga taklif kiritish;
Departament vazirlikning hududiy boʻlinmalari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qilish;
vazirlik rahbarlarining topshirigʻiga koʻra davlat organlarida, respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarda Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha vazirlik nomidan vakillik qilish;
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish, bosma nashrlarni chiqarish;
vazirlikning yigʻilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
vazirlikning fan olimpiadalari va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha tashabbuslarini takomillashtirishga doir takliflarni, departament faoliyati masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirning koʻrib chiqishi uchun kiritish;
departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy boʻlinmalar va vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalar tashkilotlar faoliyatini oʻrganib borish;
ish hajmi koʻpaygan holatlarda vazirlik rahbariyati bilan kelishgan holda vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalar xodimlarini ularning roziligi bilan jamoatchilik asosida vaqtincha ishlash uchun jalb etish.
Departamentga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. Departamentning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi va mazkur nizomga hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishiga qatʼiy amal qilish;
maxfiy xarakterdagi axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
vazirlikning Hayʼat qarorlari va buyruqlarida Departamentga yuklatilgan vazifalarni hamda vazirlik rahbariyatining boshqa topshiriqlarini oʻz muddatida bajarish;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, ommaviy axborot vositalarining murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish;
Departamentning zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
14. Departament:
zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan axborotlarning oʻzgalarga maʼlum qilinmasligi uchun javob beradi.
15. Departament quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
xavfsizlik texnikasi, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
ichki tartib qoidalari, ijro intizomi, mehnat tartibi va mehnat shartnomasi shartlariga rioya qilish;
qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan axborotlarni boshqa shaxslarga maʼlum qilmaslik.
4-bob. Departament faoliyatini tashkil qilish

16. Departament quyidagi 3 ta tarkibiy boʻlinmadan: Olimpiadalarni tashkil etish boʻlimi, Nazorat materiallarini tayyorlash boʻlimi Iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash va terma jamoa ishtirokini taʼminlash boʻlimidan iborat.
Departamentda oʻn shtat birligi mavjud boʻlib, Departament direktori, uch nafar boʻlim boshligʻi, uch nafardan bosh mutaxassis, uch nafar yetakchi mutaxassis faoliyat yuritadi.
Departament faoliyatiga vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan departament direktori rahbarlik qiladi.
Departament xodimlari vazir tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Departament xodimlari oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar orasidan lavozimga tayinlanadi.
17. Departament oʻz faoliyatini xodimlarning lavozim yoʻriqnomasida belgilanadigan mehnat taqsimotiga asosan amalga oshiradi.
Departament xodimlarining lavozim yoʻriqnomasi vazir tomonidan tasdiqlanadi.
18. Departament xodimlari oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakat yoki harakatsizligi, xizmat (lavozim) vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
19. Departament qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
20. Nizomda aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Download 33.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling