Fan: Operatsion tizimlar 10-maruza. Jarayonlarning o'zaro bog'liqligi. Sinxronizatsiyalash mexanizmi. Semaforalar. Monitorlar. Xabarlar. Mexanizmlarning ekvivalentligi


Download 130.46 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi130.46 Kb.
#1156766
  1   2   3   4
Bog'liq
10-maruza OT2

Fan: Operatsion tizimlar 10-maruza. Jarayonlarning o'zaro bog'liqligi. Sinxronizatsiyalash mexanizmi. Semaforalar. Monitorlar. Xabarlar. Mexanizmlarning ekvivalentligi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi

REJA

  • Jarayonlarning o'zaro bog'liqligi.
  • Sinxronizatsiyalash mexanizmlari.
  • Semaforalar.
  • Monitorlar.
  • Xabarlar.
  • Mexanizmlarning ekvivalentligi.

Jarayonlarning o'zaro bog'liqligi

  • Ko'pgina hollarda jarayonlar boshqa jarayonlar bilan o'zaro ta'sir qilishi kerak.
  • Masalan, bir jarayonning kanalidan chiqish ma’lumotlari boshqa jarayonga yuborilishi mumkin va hokazo.
  • Shuning uchun jarayonlarning o'zaro ta'siriga hamda ularning uzilishlarsiz davom ettirish yaxshi o'ylangan tuzilma hisoblanadi.
  • Jarayonlarning bunday aloqasi InterProcess Communication (IPC) deb nomlanadi.

Jarayonlarning o'zaro bog'liqligi

  • Bu borada uchta masala ko'rib chiqiladi.
  • Birinchisida, bir jarayon ma'lumotni boshqa jarayonga qanday etkazishi mumkinligi qaraladi.
  • Ikkinchisida, masalan, aviachiptani bron qilish tizimidagi ikkita jarayon bir vaqtning o'zida turli mijozlar samolyot uchun oxirgi chiptani sotib olishga harakat qilgan kabi, jarayonlarning o'zaro chalkashuvlarsiz birgalikda ishlashini ta'minlash bilan bog'liq.
  • Uchinchi masala jarayonlarning mavjud oʻzaro bogʻliqliklariga asoslangan toʻgʻri ketma-ketlikni aniqlash bilan bogʻliq: agar A jarayoni maʼlumotlarga ishlov berayotganda va B jarayoni uni chop etishi kerak bo’lsa, shuningdek B jarayoni chop etishdan oldin A jarayoni ma’lum maʼlumotlariga ishlov berigunicha kutishi kerak.
  • Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu uchta masaladan ikkitasi oqimlarga ham tegishli. Birinchisi, axborot uzatish bilan bog'liq bo'lsa, oqimlar uchun hal qilish ancha osondir, chunki oqimlar umumiy manzilli fazoga ega. Ammo qolgan ikkita masala - o'zaro chalkashuvlarini oldini olish va to'g'ri ketma-ketlik - oqimlarga to'liq mos keladi. Bu muammolar jarayonlar kontekstida muhokama qilinsada, ularning muammolari va echimlari oqimlarga ham tegishli bo’ladi.

Download 130.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling