Fan: Operatsion tizimlar 23-maruza. Ko'pprotsessorli tizimlar. O’qituvchi: Abdirazakov F


Download 178.19 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi178.19 Kb.
#1570012
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
23-maruza.Ko\'pprotsessorli tizimlar

Fan: Operatsion tizimlar 23-maruza. Ko'pprotsessorli tizimlar.

O’qituvchi: Abdirazakov F


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi

REJA

  • Multiprotsessorlar.
  • Multikompyuterlar.
  • Taqsimlangan tizimlar.

Multiprotsessorlar

1. Ko'p protsessor: Ko'p protsessor - bu ikki yoki undan ortiq markaziy protsessor (CPU) umumiy tezkor xotiraga to'liq kirish huquqiga ega bo'lgan kompyuter tizimi. Ko'p protsessordan foydalanishning asosiy maqsadi tizimning ishlash tezligini oshirish. Ko'p protsessorlar ikki xil bo'lib, biri umumiy xotira multiprotsessorli, ikkinchisi taqsimlangan xotira multiprotsessorli.

Multiprotsessorlar


Umumiy xotira(shared memory)
multiprotsessorlarida barcha protsessorlar umumiy xotiradan foydalanadilar, lekin taqsimlangan xotira multiprotsessorida har bir protsessor o'zining shaxsiy xotirasiga ega.

Ko'p protsessorli dasturlar(Flinn tasnifining 4ta sinfi: SISD, SIMD, MISD, MIMD)

  • SISD (single instruction stream / single data stream) - bitta buyruqlar oqimi va bitta ma'lumotlar oqimi. SISD arxitekturasining namunalari eski shaxsiy kompyuterlar. Bunday mashinalarda faqat bitta buyruqlar oqimi mavjud, barcha buyruqlar ketma-ket qayta ishlanadi va har bir buyruq ma'lumotlar oqimi bilan bitta operatsiyani boshlaydi.
  • SIMD (single instruction stream / multiple data streams) - bitta buyruqlar oqimi va bir nechta ma'lumotlar oqimi. Ushbu turdagi arxitekturada bitta buyruqlar oqimi saqlanadi, shu jumladan, SISDdan farqli o'laroq, vektor buyruqlar. Bu bir vaqtning o'zida ko'plab ma’lumotlar ustida bitta arifmetik amalni bajarishga imkon beradi. Misol: ILLIAC IV va CRAY-1 mashinasi.
  • MISD (multiple instruction streams / single data stream) - Bir nechta buyruqlar oqimi va bitta ma'lumot oqimi. Bunda ko'plab funktsional birliklar bir xil ma'lumot bo'yicha turli xil operatsiyalarni bajaradilar. Misol: kosmik kemalar parvozlarini boshqaradigan kompyuterlar.
  • MIMD (multiple instruction stream / multiple data stream) - bir nechta buyruqlar oqimi va bir nechta ma'lumotlar oqimi. Ushbu sinf HMda bitta kompleksga birlashtirilgan va ularning har biri o'z buyruqlar va ma'lumotlar oqimi bilan ishlaydigan bir nechta buyruqlarni qayta ishlash qurilmalari mavjud.

Download 178.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling