Fan: O’zbek tilining sohada qo’llanilishi Mavzu: O’zbek tilining adabiy til me’yorlari


Download 218.49 Kb.
bet1/5
Sana20.12.2022
Hajmi218.49 Kb.
#1034141
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация

Farg’ona davlat universiteti 1-kurs 22/133-guruh talabasi sobirjonov alisherning mustaqil ish uchun tayyorlagan taqdimoti

Fan: O’zbek tilining sohada qo’llanilishi

Mavzu: O’zbek tilining adabiy til me’yorlari

Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir ” (Hojiyev A., Lingvistik terminlarning izohli lug`ati, T.,”O`qituvchi”,1985,12-bet). O’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o`zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub”, ”Muhokamatul lug`atayn” kabi asarlari bilan o`zbek adabiyotini yuksaklikka ko`tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o`zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o`zbek) tilni ulug`ladi, uning boyligini o`z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo`shdi.

  • Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir ” (Hojiyev A., Lingvistik terminlarning izohli lug`ati, T.,”O`qituvchi”,1985,12-bet). O’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o`zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub”, ”Muhokamatul lug`atayn” kabi asarlari bilan o`zbek adabiyotini yuksaklikka ko`tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o`zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o`zbek) tilni ulug`ladi, uning boyligini o`z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo`shdi.

Til ijtimoiy ongning ko`rinishlaridan biri, jamiyat a’zolari orasida kommunikatsiyaning eng muhim omili bo`lgani uchun uning rivojlanishi ham o`z navbatida yana shu ijtimoiy hayot bilan, bu hayot egalarining aqliy, ilmiy, madaniy saviyalari, shu hayot asosidagi iqtisodiyotning ham rivoji bilan uzviy bog`liq. Shu jihatdan olganda Oktabr inqilobiy to`ntarishidan keyingi sovet tuzumi davrida sobiq SSSR tarkibida XX asrning 90-yillarigacha bo`lgan O`zbekistonda hayotning tubdan o`zgargani, hokimiyatning mehnatkash qo`liga o`tgani hamda xalqni savodli, ilmli, sog`lom bo`lishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bo`lishlariga ko`p ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, o`ziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish ko`rar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bo`lgan rus tilining ta’siri kuchli edi. Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga o`tildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bog`liq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan ko`plab so`zlar, affikslar hamda qisqartmalar o`zlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional so`zlar hisobiga bu davrda o`zbek tili beqiyos darajada boyidi.

  • Til ijtimoiy ongning ko`rinishlaridan biri, jamiyat a’zolari orasida kommunikatsiyaning eng muhim omili bo`lgani uchun uning rivojlanishi ham o`z navbatida yana shu ijtimoiy hayot bilan, bu hayot egalarining aqliy, ilmiy, madaniy saviyalari, shu hayot asosidagi iqtisodiyotning ham rivoji bilan uzviy bog`liq. Shu jihatdan olganda Oktabr inqilobiy to`ntarishidan keyingi sovet tuzumi davrida sobiq SSSR tarkibida XX asrning 90-yillarigacha bo`lgan O`zbekistonda hayotning tubdan o`zgargani, hokimiyatning mehnatkash qo`liga o`tgani hamda xalqni savodli, ilmli, sog`lom bo`lishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bo`lishlariga ko`p ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, o`ziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish ko`rar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bo`lgan rus tilining ta’siri kuchli edi. Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga o`tildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bog`liq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan ko`plab so`zlar, affikslar hamda qisqartmalar o`zlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional so`zlar hisobiga bu davrda o`zbek tili beqiyos darajada boyidi.

Download 218.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling