Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu: VI-VII asrlarda madaniy hayot
Download 21.66 Kb.
|
VI-VII asrlarda madaniy hayot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning texnologik xaritasi Maqsad va vazifalar
- O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Dars metodi
- Baholash
- Kelgusi rejalar O’qituvchi
- Uyga vazifa: Darsning bosqichlari
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
- III.Yangi mavzu bayoni
- IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
- V.O’quvchilarni baholash: ________________________________________________________
Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu: VI-VII asrlarda madaniy hayot Darsning texnologik xaritasi
Darsning bosqichlari:
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Sug’d hokimligi haqida ma’lumot bering. Hozirgi Ohangaron vodiysi qaysi hokimlik tarkibida bo’lgan? Toxariston o’zining qaysi mahsuloti bilan mashhur edi? III.Yangi mavzu bayoni: Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog'och, sopolga va kamdan kam hollarda qog'ozga bitilardi. Chunki qog'ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo'jalik kirim va chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo'lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug'd yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug' qal'asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o'rganilgan. Ularda Sug'dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e'tiqodlari xususida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Sug'dda o'g'il bolalar besh yoshga to'lgach, yozuv va hisobga o'rgatilar, so'ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o'rganish uchun o'zga mamlakatlarga jo'natilar edi. Shuningdek, bu davrda turkiy run (ko'kturk) xati ham keng qo'llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat edi. U tosh va yog'ochlarga o'yib yozishga nihoyatda qulayedi. Qadimgi ko`k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg'ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o'rganilgan. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Ilk o’rta asrlar diniy e’tiqodlari haqida ma’lumot bering. Runik yozuvidan bugungi kunda ham foydalaniladimi? O’rganilayotgan davrda bolalar tarbiyasiga qanday e’tibor berilgan? V.O’quvchilarni baholash: ________________________________________________________ Download 21.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling