Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu: VI-VII asrlarda madaniy hayot


Download 21.66 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi21.66 Kb.
#1086538
Bog'liq
VI-VII asrlarda madaniy hayot


Sinf:

Sinf:

Sana:

Sana:

Fan: O’zbekiston tarixi
Mavzu: VI-VII asrlarda madaniy hayot
Darsning texnologik xaritasi

Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad: VI-VII asrlarda madaniy hayot haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad: Axloqiy jihatdan tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: Boshqaruvchilik, intiluvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Tarmoq”,”Aqliy hujum”,”Zinama-zina”,”Xotira mashqi”,”Uzilmas zanjir”,”Manzilga kim tez yetar”,”Himoya”,Slayd,suhbat
Dars tipi: og’zaki va yozma bayon _________________________________
Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar,mavzuga oid ko’rgazmali materiallar _____________________________________________________________________
Baholash: 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: qisqa vaqt davomida mavzu yuzasidan bilim , ko’nikma va malaka hosil qilinadi.Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchialr tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchining faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:pedagogik tenologiyalarni o’zlashtirishda va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topadi.

Uyga vazifa:




Darsning bosqichlari:

Mazmuni

Vaqti

Salomlashish. O’quvchiarni darsga tayyorligi, sinfda psixologik muhit yaratish

3 daqiqa

O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, uyga vazifa bajarilganligini tekshirish

12 daqiqa

Yangi mavzu tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilinadi.

20 daqiqa

O’quvchilarni egallagan bilim va ko’nikmalari savol-javob orqali aniqlanadi.

5 daqiqa

Baholar e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish,o’quvchilar bilan xayrlashish

5 daqiqa

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Sug’d hokimligi haqida ma’lumot bering.

  2. Hozirgi Ohangaron vodiysi qaysi hokimlik tarkibida bo’lgan?

  3. Toxariston o’zining qaysi mahsuloti bilan mashhur edi?

III.Yangi mavzu bayoni:
Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog'och, sopolga va kamdan kam hollarda qog'ozga bitilardi.
Chunki qog'ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo'jalik kirim va chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik hujjat,
tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo'lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug'd yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug' qal'asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o'rganilgan. Ularda Sug'dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e'tiqodlari xususida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Sug'dda o'g'il bolalar besh yoshga
to'lgach, yozuv va hisobga o'rgatilar, so'ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o'rganish uchun o'zga
mamlakatlarga jo'natilar edi. Shuningdek, bu davrda turkiy run (ko'kturk) xati ham keng qo'llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat edi. U tosh va yog'ochlarga o'yib yozishga nihoyatda qulayedi. Qadimgi ko`k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg'ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o'rganilgan.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. Ilk o’rta asrlar diniy e’tiqodlari haqida ma’lumot bering.

  2. Runik yozuvidan bugungi kunda ham foydalaniladimi?

  3. O’rganilayotgan davrda bolalar tarbiyasiga qanday e’tibor berilgan?

V.O’quvchilarni baholash: ________________________________________________________
Download 21.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling