Fan: pul va banklar


Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari


Download 236.08 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi236.08 Kb.
#1387799
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hasanov Jamshid Kurs Ishi oxri

1.Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari
Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustaqil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustaqil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-kupon» larni muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomalagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:
1. Pul birligi - so’m
2. Pul birligining turlari – qog'oz va metal pullar
3. Ularni muomalaga chiqarish qoidalari.
4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
5. Naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov – «bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obro’li valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi. Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi. Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi. Respublikamiz Prezidentining 2005-yil 5 avgustdagi PQ-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul to’lovlarini uzliksiz ta’minlash to’g'risida1» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, mazkur qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi.
1Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 80-93 foiz oralig'ida bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi. Inflyasiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo’llari Inflyasiya lotincha infeotio so’zidan olingan bo’lib shish, burtish, ko’pchish ma’nosini anglatadi Inflyasiya so’zi XIX asr o’rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida qo’llana boshlagan, ungacha tibbiyotda xavfli o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgan. Lekin xaqiqatda ham xavfli, u umumiqtisod uchun xavfli. Inflyasiya so’zining iqtisodiy ma’nosi-muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga va miqdoriga nisbatan ko’p pul chiqarish demakdir. Inflyasiya so’zi pul muomilasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln grin bek) qog'oz dollor chiqarilgan vaqtidan boshlab qullanila boshlagan Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan. Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyasiya bilan uzviy bog'liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyasiya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Fransiyada fransuz revolyusiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida nomoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyasiya 1923 yillarda bo’lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyasiyalarning xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda namoyon bo’ladi. Hozirgi davr inflyasiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul, omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.2
Inflyasiyaning asosiy sabablari.
a) Jamg'arma va iste’mol o’rtasidagi.
b) Talab va taklif o’rtasidagi
v) Muomaladagi pul muassasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutonosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning bo’zilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet difisetini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi. Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Ichki omillar mamlakatni monetar – pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan bog'liq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka xokimligi, noto’g'ri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining buzilishi va boshqalar) Tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilg'i, valyuta bo’yicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalari va boshqalar kiradi Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyasiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomilasi qonununing bo’zilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi:
1. Tovar va xizmatlar bahosining o’zluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning quyidagi turlari mavjud.
1. Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik usishi 5-10
foizdan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo’ladi.
2. So’zib yuruvchi inflyasiya. Bunda narx navo tezroq o’sa boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi., ishsizlik ko’paya boradi. Inflyasiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi.
3. Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.
4. Giperinflyasiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan bog’liq (1-rasm).
3”E-AUAKSION” elektron savdo platformasi faoliyati natijalari to’g’risida ma’lumot. 2023-yil 11-aprel3
Adabiyotlarda shu kabi stagflyasiya (inflyasiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), loqal (bir mamlakat yoki jahon miqyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (qachonki baholari o’sishi sezilgan holda), yopiq (sekretiy – tovar va xizmatlar sifatini baho o’zgarmagan holda yomonlashuvchi, tovar defiseti sodir bo’lganda) inflyasiya tushunchalari mavjud.
Inflyasiyadan farqliroq deflyasiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyasiyadan yutqazishlar deflyasiya yordamida qoplanishlar sodir bo’lad. Inflyasiyadan chiqish uchun:
1. Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni rivojlanishini raђbatlantirish (soliq tizimi, past foizli kreditlar va boshqalar bilan).
2. Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish.
3. Muomiladgi pul muassasini cheklash va boshqalar.
Xozirgi sharoitda inflyasiyaga qarshi kurashish choralari.
1. Ish xaqi va ijtimoiy to’lovlarni indesasiyalab borish.
2. Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foizlarini kayta ko’rib chiqib turish.
3. Pulning bankdan tashkariga xarakat qilishiga yo’l quymaslik (kassa apparatlarini joriy etish va boshqalar).
4. Qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish va boshqalar.
Inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri.
1. Ishlab chiqarishni stixiyaligi kuchayadi, tarmoqlar mutonosibligi bo’ziladi.
2. Bo’sh mablaђlarni ishlab chiqarish sohasidan muomila (savdo) sohasiga oqib o’tishiga sabab bo’ladi.
3. Tovarlarni normal xarakati bo’zilib bozordan bozorga kuchib yurishi sodir bo’ladi.
4. Olib sotarlikga keng yo’l ochiladi.
5. Iste’mol va extiyojni izdan chiqaradi. Qadrsizlangan puldan qochish uchun kerakli, keraksiz tovarlar sotib olinadi.
6. Tovarlarni kreditga sotish qisqaradi.
7. Bank foizlari oshadi, o’zoq muddatli kredit berish barham topadi.
8. Aholi mablag’larini jamg’armaga jalb etish qiyinlashadi.
9. Barter munosabatlari vujudga keladi.
10. Byudjet taqchilligi sodir bo’ladi, emissiyaga zo’r beriladi va u inflyasiyani yanada kuchaytiradi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan.Tovar muomilasini taminlash pul miqdoriga ko’p jihatdan bog’liq. Pul muomalasi qonuni muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar so’mmasiga to’g’ri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi.
Xozirgi sharoitda muomala uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi (2-rasm).
1. Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha)
2. Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha)
3. Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi.)
4. Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi
5. Pulni aylanish tezligi
42020-2021 yillarda pul siyosatining grafik ko’rinishi.
O‘tgan asrdagi iqtisodchilar pul, bu — tovarlarning tovari, deb ifodalashgan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab berish- gan: birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi; ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi; uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa to- varlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar, degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi. Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsa-da, tovar xo'jaligi va pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullar, boshqa kredit vositalari yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag‘larining bankda bir schotdan ikkinchi schotga o‘tkazilishi kabi jarayonlar bo‘lishiga olib kelgan. Pul qanday shaklda bolishidan qat’i nazar, pul bo‘lib qola- veradi. Yuqoridagilarga asoslangan holda pulning mohiyatini quyi- dagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul — bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi, deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan, pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi, ikkinchidan, pul bu umumiy ekvivalent yagona tovar bo'lib, qolgan tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi), uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarini o'zida ifoda qilishi, to ‘rtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizim- da, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar. Odatda, pul barcha funksiyalarini bir vaqtda ketma-ket baja- rishi mumkin. Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning funksiyalari bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40- yillarda Xitoyda tovarlar bahosi AQSH dollarida aniqlangan, hisob kitoblarda, tovar sotish va sotib olishda Xitoy valutasi qo‘llanilgan. Xuddi shunday hoi giperinflatsiya dav- rida Isroilda, Argentina, Meksika kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valutasi muomala va to‘lov vositasi sifatida ishlatilgan. Adabiyotlarda pulning jahon puli funksiyasi to‘g‘risidagi g‘oyani ham uchratish mumkin. Bu funksiyani biror valutaga bog‘lab qo'yishni to‘g‘ri deb bo'lmaydi

Download 236.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling