Fan: pul va banklar


O’zbekiston Respublikasida naqd va naqdsiz pul muomalasini tashkil etilishi


Download 236.08 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi236.08 Kb.
#1387799
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hasanov Jamshid Kurs Ishi oxri

3.O’zbekiston Respublikasida naqd va naqdsiz pul muomalasini tashkil etilishi
Pul aylanmasining asosiy qismini naqd pulsiz aylanma, ya’ni korxona, tashkilotlar o‘rtasidagi, ularning davlat budjeti, kredit tashkilotlari bilan naqd pulsiz bir schotdan ikkinchi schyotga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan aylanma tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri — pul aylanishini to‘g‘ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Korxona va tashkilotlar o‘zlarining xo'jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo‘ladi. Ular o‘rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o‘zi esa pul aylanishining moddiy asosi hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, pensiya fondi, sug‘urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo‘ladigan pulli munosabatlar vujudga keladi. Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va tolov usullariga ko‘ra, pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz aylanishiga bo‘linadi. Chakana savdo va aholiga pulli xizmat ko‘rsatish, asosan, naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pul aylanishiga kommunal-maishiy xizmatlar uchun to'lovlar, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va shunga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash, sug‘urta tashkilotlariga badallar to‘lash, uy- joy va boshqa maqsadlar uchun aholi tomonidan olingan kreditni naqd pul ko‘rinishida qaytarish bilan bog'liq to‘lovlarning to‘la- nishi kiradi. Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 70—80 % ini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqdsiz pul hisob-ki- toblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiyjarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nuqtayi nazaridan davlatning qiziqishi, mulk- chilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik shakllariga te- gishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosa- batlarning kengayib borishi asos bo'ladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko‘rsatish va tovarsiz operatsiyalari bo'yicha birbiriga bo'lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag‘larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisob- varaqqa o'tkazish orqali amalga oshirish tushuniladi. Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisobkitoblarni tashkil qilish oldiga qo‘yilgan talablarni oladi. O‘tgan asrning 30—32-yillarida o‘tkazilgan kredit islohoti davrida kiritilgan va sobiq Ittifoq davrida mavjud bo'lgan naqd pulsiz hisob kitoblar tizimi iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, birinchi navbatda, ishlab chiqarish va sotish rejalarini bajarish nuqtayi nazaridan mahsulot sotuvchi korxona qiziqishlariga xizmat qilar edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun iqtisodiy qiziqishlari va javobgarligini chegaralab, qat’iy qilib belgilangan edi. Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan: bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi; to‘lov vaqti qat’iy belgilangan, ya’ni barcha to‘lovlar tovarlar jo‘natilgandan keyin yoki xizmat bajarilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Avans to‘lovlari tijorat kreditiga ruxsat etilmas edi; to‘lovchining roziligi to‘lov o‘tkazilishining asosi sifatida tan olingan; qaysi sohada qaysi hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining ishlatilishi, ularni tashkil qilish tamoyillari to‘lovchining to‘lovga va kreditga layoqatlilik qobiliyatini hisobga olmas edi. Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyili mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mablag‘larini bankdagi hisob varaqlarda saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o‘tkazishlari lozimligini bildiradi. Bozor munosabatlari sharoitida hisob-kitoblarning bank orqali o‘tkazilishi bozor ishtirokchilarining iqtisodiy mustaqilligi bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamoyili shundan iboratki, mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ko‘chirish, ularning topshirig‘i yoki roziligiga asosan, hisobvaraqdagi mablag‘lar miqyosida bajariladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi ishlab chiqilishi va joriy etilishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan mijozlarning hisobraqamlari bo'yicha operatsiyalar o‘tkazish tartibi belgilangan. Hisobvaraqlardan mablag‘larni o‘tkazish hisobvaraq egasining topshirig‘iga binoan bajariladi. Mijozlarning buyrug‘isiz hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari faqat sud qaroriga binoan, qonunda belgilangan tartibda bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan ko‘chirilishi mumkin. Fuqarolik kodeksiga asosan, mijozlarning hisobvaraqlarida barcha talablarni bajarishga pul mablag‘lari yetarli bo‘lgan hollarda pul ko‘chirish bo‘yicha mijozning topshirig‘i va boshqa hujjatlar- ning kelib tushishi tartibida hujjatlar to‘lanishi lozim. Mijoz hisobvaraqdagi barcha talablarni toiashga mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda, hujjatlarning to‘lanishi 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Xo‘jalik subyektlarining bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘lariri ko‘chirish to‘g‘risida»gi 615-yo‘riqnoma- siga asosan amalga oshiriladi. Agar mijoz bilan bank o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, to‘lovlar bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning uchinchi tamoyili shundan iboratki, mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o'chirilgandan so‘ng oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Tijorat banklarining hisob cheklari bo‘yicha pul o‘tkazish bundan mustasno. Hisob-kitoblar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar orasi- dagi o‘zaro e’tirozlar belgilangan tartibda, bank ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi hisob-kitoblarni tashkil qilishning to‘rtinchi tamoyilidir. Banklar o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar bo‘yicha penalarni hisoblash va undirishga javobgar emas. To‘lovchi yuklab jo‘natilgan mahsulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan summaga hisoblangan penani to‘lovchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomasida ko‘zda tutilgan tartibda to‘laydi. Agar bank bilan mijoz o’rtasidagi shartnomada pena hisoblash va undirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu holda bank o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar bo‘yicha pena hisoblashi va mahsulot sotuvchi korxona foydasiga undirib berishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borishning beshinchi tamoyili hisob-kitob shakllarini tanlash bilan bog‘liq. Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tovarpul munosabatlari rivojlanishi sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish xo‘jalik organlari tomonidan hisob-kitobni erkin tanlash tamoyilidan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo‘jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi. Bu tamoyil hisob-kitob ishti- rokchilari o'zaro munosabatlarining ijobiy natijalari uchun moddiy javobgarligini oshirishga, hisob-kitob va shartnomaviy munosabatlarini tashkil qilishda iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oltinchi tamoyili to‘lovning muddatliligidir. Bu tamoyil katta amaliy ahamiyatga egadir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘lovning qanday muddatga kelib tushishi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan holda xususiy mablag‘larining aylanishini oqilona tashkil etish, qarz mablag‘lariga bolgan zaruratni hisoblab ko‘rishi, shu bilan birga, o‘z balansining likvidligini boshqarib borishi mumkin bo‘ladi. Mahsulot sotuvchi va oluvchi tomonlar kelishuviga ko‘ra, to‘lovlar muddatli, muddatidan oldin hamda muddati kechiktirilgan bo‘lishi mumkin. Muddatli to‘lovlar quyidagi hollarda amalga oshiriladi: tovarlar jo‘natilmasdan yoki xizmatlar bajarilmasdan oldin, bunday to‘lovlar avans to’lovlari yoki oldindan to’lov ko‘rinishida amalga oshiriladi; tovar jo‘natilgandan keyin, ya’ni tovarni bevosita aksept qilish yo’li bilan yirik summada tuzilgan shartnomalarda ko’rsatilgan summalarni bo’lib-bo’lib to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi. Muddati uzaytirilgan to‘lovlar belgilangan muddatda tolovni amalga oshirolmay qolgan hollarda, tolov muddatini muayyan muddatga cho‘zish, ya’ni yangi to‘lov muddatini belgilash. Pul aylanmasini ko‘rib chiqishda, to‘lov aylanmasi bilan naqd pulsiz aylanmalar o‘rtasida farq mavjudligini ta’kidlamoqchimiz. To‘lov aylanmasi deb, pulning to‘lov vositasi sifatida harakati tufayli vujudga kelgan pul aylanmasiga aytiladi. To‘lov aylanmasining tarkibiy qismi bo‘lib toliq naqd pulsiz aylanma va naqd pul aylanmasining pulning to‘lov vositasi funksiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi



Download 236.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling