Fan: Qurilish materiallari va buyumlari 1-savol


Download 83.5 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1126657
1   2   3   4
Bog'liq
1 oraliq nazorati uchun savollar va javoblar курилиш материаллари

6-savol: Shisha ishlab chiqarish texnologiyasiga izoh bering.
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qoʻshiladi. Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha boʻladi (Na2SiO3). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda erimasligini taʼminlaydi. Silikatli shisha 1500 0C haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800-900 0C yetganda silikatlar hosil boʻlish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-1200 0C boʻlganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida koʻp havo pufakchalari boʻladi. Shisha massasidagi havo aralashmalari 1500 0C chiqib ketadi va shisha qiyomiga yetadi. Massani qoliplash harorati 200-300 0C atrofida boʻlib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bogʻliq. SiO2, Al2O3, ZrO2 oksidlari massani quyuqlashtirsa, Na2O, CaO, Li2O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. Shisha massasini erigan holatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall holatga qayta oʻtishga olib keladi.
7-savol: Bogʻlovchi mineral moddalar qotish sharoitiga qarab qanday tasniflanadi?
Bogʻlovchi mineral moddalar deb, suv qoʻshilganda plastik xamir hosil qiladigan va vaqt oʻtganda qotish qobiliyatiga ega, sunʼiy ravishda hosil qilinadigan kukunsimon mayda dispersiyali materiallarga aytiladi.
Bogʻlovchi mineral moddalar havoyi va gidravlik bogʻlovchi moddalarga boʻlinadi.
Havoyi bogʻlovchilar– qotishi va oʻzining mustahkamligini faqat havoda uzoq vaqt saqlash va oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan moddalardir. Kimyoviy tarkibi boʻyicha ular 4 guruhga boʻlinadi: Gipsli, magnezial, suyuq shisha, havoyi ohak. Gidravlik bogʻlovchilar – faqat havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega. Masalan, gidravlik ohak, portlandsement, giltuproqli sement, putssolan portlandsement, toshqolli portlandsement, kengayuvchi sementlar va hokazo.

Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling