O'zbekiston respublikasi


Download 146.21 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi146.21 Kb.
#192872
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YOPISHQOQ MODDALAR KIMYOSI




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 

Andijon mashinasozlik instituti 

Transport logistika fakulteti

36-20-gurux talabasining

Kimyo fanidan tayyorlagan

MAVZU: YOPISHQOQ MODDALAR KIMYOSI.



BAJARDI : Yoqubov Abdullajon

MAVZU:

YOPISHQOQ MODDALAR KIMYOSI.

REJA:

1. Bog’lovchi moddalar turlari va ularning xossalari.

2. Gidravlik va boshqa boqlovchi moddalar.

3. Portlandtsement va uning qotishi.

4. Havoda qotadigan bog’lovchi moddalar.

5. Beton, beton korroziyasi va unga qarshi kurash usullari.



1.BOG’LOVCHI MODDALAR TURLARI VA ULARNING

XOSSALARI.

Suv bilan qorishtirilganda sekin – asta qotib, mustahkam massa hosil qiluvchi kukun holidagi moddalar mineral bog’lovchi moddalar deb ataladi.

Mineral bog’lovchi moddalar (tsement, gips, ohak va boshqalar) xossalari

jihatidan bitum va smolalardan iborat organik bog’lovchi moddalardan farq qiladi. Demak bog’lovchi moddalar xossalari jihatidan ikki guruhga, ya‘ni mineral va organik bog’lovchi moddalarga bo’linar ekan. Organik bog’lovchi moddalar gidrofob (suvni yoqtirmaydigan, ya‘ni suv bilan qorishmaydigan) bo’ladi, mineral bog’lovchi moddalar esa gidrofil (suvni yoqtiradigan, ya‘ni suv bilan qorisha oladigan) bo’ladi. Shuning uchun organik bog’lovchi moddalarni ishlatishdan oldin qizdirish yoki biror organik erituvchida eritish yo’li bilan yumshoq holatga keltirish kerak.

Mineral bog’lovchi moddalar, asosan, beton, qurilish qorishmalari tayyorlash, shuningdek turli qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Mineral bog’lovchi moddalar kimyoviy va mineralogik tarkibiga ko’ra quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:

1) oxak, 2) tsement, 3) ohak – shlakli, ohak – putsolanli,

4) gips, 5) magnezial, 6) suyuq shisha va kislotabardosh tsement.

Mineral bog’lovchi moddalar ishlatilish sohasiga ko’ra havoda qotadigan,

suvda qotadigan ( gidravlik ) va kislotabardosh bo’ladi.




Download 146.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling