O'zbekiston respublikasi
BETON, BETON KORROZIYASI VA UNGA QARSHI
Download 146.21 Kb.
|
YOPISHQOQ MODDALAR KIMYOSI
5. BETON, BETON KORROZIYASI VA UNGA QARSHI
KURASH USULLARI. Bog’lovchi modda, mayda va yirik to’ldirgichlar va suv aralashmasidan tashkil topgan qorishmaning asta – sekin qotishi natijasida hosil bo’lgan sun‘iy toshlar beton deb ataladi. Beton xossalarini yaxshilash uchun qorishmaga maxsus qushilmalar qushiladi, masalan, qotish jarayonini tezlatuvchi, qorishmaning plastikligini oshiruvchi, g’ovaklar hosil qiluvchi moddalar shular jumlasidandir. Beton qorishmasidagi asosiy aktiv material bog’lovchi bilan suvdir. Bog’lovchi modda, masalan, tsement suv bilan o’zaro kimyoviy birikadi va natijada beton qorishmasidagi tsement – suv plastik holatdan asta – sekin qattiq holatga o’tadi. Undagi mayda va yirik to’ldirgichlar betonning birligini oshiradi, uning chuzilish miqdorini, hajmiy kirishishini kamaytiradi va yorilishdan saqlaydi. To’ldirgich sifatida ko’pincha arzon maxalliy materiallar (qum, shag’al, chaqilgan tosh) ishlatiladi. Shuning uchun beton juda arzon va qurilishda juda ko’p ishlatiladi. Portlandtsement, gidromeliorativ yoki gidrotexnikaviy inshoatlarda vaqt o’tishi bilan chuchuq (yumshoq), kislotali, tarkibida turli sulfat va xloridlar (MgSO4, MgCl2), shuningdek, mineral moddalar bo’lgan suvlar hamda havodagi suv va karbonat angidrid ta‘sirida yemirila boshlaydi -korroziyalanadi. Buning oldini olish maqsadida turli konstruktiv choralar uylab topish, beton ishlab chiqarish texnologiyasi usullarini o’zgartirish, shuningdek, sifatli tsement ishlatish kerak. Konstruktiv choralar suvning beton konstruktsiyasiga ta‘sir qilishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Buning uchun suv ta‘sir etadigan zonadagi konstruktsiyalar birmuncha chidamli va suv yuqtirmaydigan materiallar bilan qoplanadi. Bu maqsadda keramika yoki tabiiy toshlar va metall tunuka ishlatiladi. Bitum qoplash, asfalt qorishmasi bilan suvash, polietilen parda qoplash va kremniy organik aralashmalar singdirish yaxshi natijalar beradi. Gidrotexnikaviy inshoatlar qurishda betonning suv singdiruvchanligini pasaytiruvchi turli qushilmalar, masalan, plastifikatorlar va superplastifikator ishlatiladi. Bu qushilmalar beton qorishmasi tayyorlanayotganda suv sarfini kamaytiradi, beton toshi zichligini oshiradi. Natijada beton massasi suv va havo o’tkazmaydigan bo’lib qoladi, shu tufayli beton korroziyasining oldi olinadi. Klinkerning mineralogik tarkibini to’g’ri tanlash yo’li bilan ham suvga chidamli tsement hosil qilish mumkin. Masalan, qotayotganda kam ohak hosil qiladigan klinkerdan tayyorlangan tsementning korroziyabardoshligi ancha ortadi. Tarkibida S3A bo’lmagan klinker sulfatlar ta‘siriga ayniqsa, chidamlidir. Klinker tarkibida S3S kam bo’lsa, bunday klinkerdan tayyorlangan tsement suvga nihoyatda chidamli bo’ladi. Download 146.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling