O'zbekiston respublikasi


HAVODA QOTADIGAN BOG’LOVCHI MODDALAR


Download 146.21 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi146.21 Kb.
#192872
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YOPISHQOQ MODDALAR KIMYOSI

4. HAVODA QOTADIGAN BOG’LOVCHI MODDALAR.
Havodagina qotib, mustahkamligini uzoq saqlay oladigan moddalar havoda

qotadigan bog’lovchi moddalar deb ataladi. Ular suvga qorilib, bo’tkasimon

massa hosil qilingandan keyin bir oz selgigach (suvi qochgach) qota boshlaydi. Bu moddalar suvda bir qadar tez eriydi, shuning uchun ularni nam sharoitda ishlatib bo’lmaydi.

Havoda qotadigan bog’lovchi moddalar uch guruhga; gips, ohak va magnezial

bog’lovchilarga bo’linadi.

Gips bog’lovchilar. Gips bog’lovchilar CaSO4 ∙ 2H2O tarkibli tog’ jinslarini,

ya‘ni tabiiy gipsni pishirish (ko’ydirish) yo’li bilan olinadi. Gips bog’lovchilar qanday hosil qilinganligiga qarab ikki xil: yarim molekula suvli va suvsiz (angidrid bog’lovchilar) bo’lishi mumkin. Yarim molekula suvli gips CaSO4 ∙2

H2O ni 150 – 170 0С da normal bosim

ostida qizdirish yo’li bilan hosil qilinadi. Uning tarkibida yarim molekula suvli

gipsdan tashqari, suvsiz CaSO4 bilan parchalanmay qolgan CaSO4 ∙ 2H2O ham

bo’ladi:

CaSO4∙ 2H2O = CaSO4 ∙ 21H2O +1 H2O

Binokorlik gipsi (yarim molekula suvli gips) qotayotganda suv bilan birikib,

gidratlanadi va ikki molekula suvli gips hosil qiladi:

CaSO4∙ 21H2O + 121H2O = CaSO4∙ 2H2O

Binokorlik gipsi – binolarni pardozlashda gips – beton plitalar, sun‘iy

marmar, me‘morchilik buyumlari, shuningdek, tibbiyotda va tish quyishda

ishlatiladi.

Gipsning tez qotishi undan foydalanishni birmuncha qiyinlashtiradi. Ishlab

chiqarishda gipsning qaytaruvchanligini sekinlatish maqsadida unga duradgorlik

yelimining suvdagi eritmasi, sulfitlar bilan sirt aralashmalari qo’shiladi.

2. Ohak bog’lovchilar. Ohak bog’lovchilar tarkibida 6 % gacha gili bo’lgan

kaltsiy va magniy karbonatdan iborat tog’ jinslarini СО2 batamom chiqib

ketguncha (1000 –11000C) haroratda qizdirish yo’li bilan olinadi.

СаСО3 СаО + СО2 – 42,5 kkal

Bu reaktsiya qator bo’lib, uni unga siljitish uchun reaktsiya mahsulotlaridan biri

bo’lgan СО2 ni reaktsiya borayotgan pechdan to’xtovsiz chiqarib turish zarur

(sanoatda kabonat angidrid ana shu yo’l bilan ishlab chiqariladi). Bunda pechda

“qaynama ohak” deb ataladigan so’ndirilmagan ohak bo’laklari hosil bo’ladi.

Ohaktosh tarkibidagi MgCO3 ham shu tariqa parchalanadi:

MgCO3 MgO + CO2

Natijada tarkibida 90 – 95 % СаО + MgO (qolgan 10 – 15 % kaltsiy silikat,

alyuminiy silikat va alyumoferrit) bo’lgan ohak hosil bo’ladi.

So’ndirilmagan ohak so’ndirilganda uning tarkibidagi СаО va MgO suv bilan

reaktsiyaga kirishib, tegishli gidroksidlar hosil qiladi:

CaO + H2O = Ca (OH)2 + 15,5 kkal

MgO + H2O = Mg (OH)2

Bu gidratlar faqat havoda qotish xossasiga ega bo’lganligidan havoda

qotuvchi ohak deyiladi. Ajralib chiqqan issiqlik ta‘sirida qorishma qaynaydi

(“qaynama ohak” degan nom ana shundan kelib chiqqan). So’ndirilgan ohak

qorishmasining qotishi bir vaqtda sodir bo’ladigan quyidagi ikki jarayondan iborat:

1. ohakka qushilgan suvning bug’lanib ketishi natijasida to’yingan eritmadan

Са (ОН)2 ning kristall holida ajralib chiqishi;

Са (ОН)2 ning havodagi nam ishtirokida СО2 ni yutib qotishi:

Са (ОН)2 + СО2 = ↓СаСО3 + Н2О

Ohak bog’lovchilar quruq sharoitda qurilishlarda, suvoqchilik va qurilish

qorishmalari, shuningdek, turli bog’lovchilar tayyorlashda ishlatiladi.


Download 146.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling