Fan: Sonli hisoblash usullari
Download 266.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish uchun SHU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan
Fan: Sonli hisoblash usullari Fan yuzasidan soatlar yuklamasini hisoblashda avditoriya va mustaqil ta’lim soatlari 40/60 nisbatda bo’ladi ya’ni 40 soat auditoriya soati bo’lsa 60 soat mustaqil o’zlashtirish uchun soatlar ajratiladi. Fan yuzasidan talaba egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malakaga ega bo’lishi uchun mustaqil ta’lim mavzularini to’liq o’zlashtirishi lozim. Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan - amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik; - uy vazifalarini bajarish; - nazariy bilimlarni o’zlashtirish; -mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan mavzularini o’zlashtirishdan iboratdir. Tarixiy, matematik va pedagogik materiallar asosida davra suhbatlarni o’tkazilishini tavsiya etiladi. Bunda talabalar Internet va boshqa manbaalardan foydalanib o’zlari matematikaning inson turmushidagi o’rni, matematika metodlarining kasbiy faoliyat sohasiga tatbiqi, matematikaning asosiy bo’limlari haqida tarixiy va boshqa ma’lumotlar, buyuk allomalar hayoti va ijodi, matematikaga qo’shgan hissalari kabi mavzular bo’yicha qisqacha ma’lumotlar bayon qiladilar. Tabiiyki, bunday tadbirlar talabalarda matematika faniga qiziqishni kuchaytiradi va yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga zamin yaratadi. Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo’ljallangan har bir bo’lim bo’yicha adabiyotlar talaba tomonidan o’rganilishi, mustaqil ish uchun mo’ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini o’zlashtirishi, har bir bo’lim bo’yicha berilgan topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi talab qilinadi. Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishda yuqorida keltirilgan asosiy va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi. F an yuzasidan berilgan test, topshiriq, oraliq va yakuniy nazorat savollari ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’tilgan mavzulardan hamda mustaqil o’zlashtirish uchun berilgan mavzular yuzasidan bo’ladi!!!! Mustaqil taʼlim mavzulari: 1. Hisoblash usullari fanining kelib chiqish tarixi asosiy vazifasi va usuli. 2. Tenglamaning ildizlarini ajratish. Umumiy mulohazalar. 3. Algebraik tenglamalarning haqiqiy ildizlarini ajratish. 4. Ildizlarini ajratish haqida Dikart teoremasi. 5. Ildizlarini ajratish haqida Shturm teoremasi. 6. Ttenglamalarni yechishda oddiy iterasiya metodi. 7. Iterasiya metodi yaqinlashishini tezlashtirishning bir usuli. 8. Hisoblash xatosining iterasion jarayonning yaqinlashishiga ta’siri. 9. Metrik fazo haqida tushuncha. 10. Qisqartirib aks ettirish prinsipi. 11. Chiziqli bo’lmagan tenglamalar sistemasini iterasiya metodi bilan yechish. 12. Bitta sonli tenglama bo’lgan hol Nyuton metodi. 13. Nyuton metodining yaqinlashishi haqidagi teoremalar. 14. Karrali ildizlar uchun Nyuton metodi. 15. Modifikasiyalangan Nyuton metodi. 16. Vatarlar metodi. 17. Tenglamalar sistemasi uchun Nyuton metodi 18. Algebraik tenglamalar systemasini echishning Gauss metodi. 19. Bosh elementlar metodi. 20. Optimal yo’qotish metodi. 21. Determinatni hisoblash. 22. Matrisalarning teskarisini topish. 23. Kvadrat ildizlar usuli. 24. Iterasion jarayonni qurish prinsiplari. 25. Oddiy iterasiya metodi. 26. Zeydel metodi. 27. Eng tez tushish yoki gradiyentlar usulini asosiy g’oyasi. 28. Gradiyentlar usulini yaqinlashishi haqidagi teorema. 29. Funksiyalarni interpolyasiyalash masalasi. 30. Logranj interpolyasion formulasi. 31. Sistemaning koeffisiyentlarini hisoblash. 32. Chekli ayirmalar va ularning xossalari. 33. Nyuton interpolyasion formulasining qoldiq hadlari. 34. Gaussning birinchi interpolyasion formulasi. 35. Gaussning ikkinchi interpolyasion formulasi. 36. Bessel interpolyasion formulasi. 37. Sterling interpolyasion formulasi. 38. Markaziy ayirmali jadval. 39. Eng sodda kvadratur formulalar: to’g’ri to’rtburcha, trapesiya formulari. 40. Eng sodda kvadratur formulalar: Simpson formulasi. 41. Eng soda kvadratur formularining qoldiq hadlari. 42. Nyuton-Kotes kvadratur formulasi. Download 266.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling