Fan: Statik tahlil (6 kredit)


Download 1.62 Mb.
bet6/6
Sana04.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1078714
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 -през.Стат тахлил

Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar yangi muammolar va maqsadlarga olib keladi, bu esa o‘z navbatida tizim funksiyalarining va buning oqibatida uning tuzilmasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga, agar tuzilmaning salohiyati yuqori, ammo qo‘yilgan maqsadlar bunga mos bo‘lmasa, maqsadlar va funksiyalar mos ravishda to‘g‘rilanadi. Ma’lumki, tuzilmaviy va funksional yondashuvlar tizimning dekompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi.

  • Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar yangi muammolar va maqsadlarga olib keladi, bu esa o‘z navbatida tizim funksiyalarining va buning oqibatida uning tuzilmasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga, agar tuzilmaning salohiyati yuqori, ammo qo‘yilgan maqsadlar bunga mos bo‘lmasa, maqsadlar va funksiyalar mos ravishda to‘g‘rilanadi. Ma’lumki, tuzilmaviy va funksional yondashuvlar tizimning dekompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi.
  • Tizimli yondashuv tizimning kompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Ushbu yondashuv qo‘llanilganda tizim yahlit holatda bo‘lganligi faraz qilinib uning hususiyatlari o‘rganiladi. Tizimli yondashuvdan oldin tuzilmaviy va funksional yondashuvlar amalga oshirilgan bo‘lishi shart. Tizimli yondashuvni tor ma’noda tuzilmaviy va funksional yondashuvlar sintezi sifatida ko‘rsa bo‘ladi. Keng ma’noda tizimli yondashuv, bundan tashqari, tizim ishlashining samaradorligini o‘rganishni, ya’ni texnik-iqtisodiy yondashuvni ham o‘zida qamrab oladi.

Dinamik yondashuv tizim elementlari va uning quyi tizimlarining dinamik modellarini ishlab chiqish va shu asosda tizimning dinamik hususiyatlari haqida xulosalar chiqarishga qaratilgan. Tizimning dinamikasi deganda uning holati, tuzilmasi, funksiyalari, ishlashi samaradorligining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi tushuniladi. Tizimning dinamik o‘zgarishini klassik (orqaga qayta oladigan) va noklassik (orqaga qayta olmas, evolyusion) dinamik o‘zgarish turlariga tasniflasa bo‘ladi. Biologik va ijtimoiy tizimlar, vaqt o‘tishi sari, albatta, evolyusion va orqaga qaytmas tarzda o‘zgarishadi.

  • Dinamik yondashuv tizim elementlari va uning quyi tizimlarining dinamik modellarini ishlab chiqish va shu asosda tizimning dinamik hususiyatlari haqida xulosalar chiqarishga qaratilgan. Tizimning dinamikasi deganda uning holati, tuzilmasi, funksiyalari, ishlashi samaradorligining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi tushuniladi. Tizimning dinamik o‘zgarishini klassik (orqaga qayta oladigan) va noklassik (orqaga qayta olmas, evolyusion) dinamik o‘zgarish turlariga tasniflasa bo‘ladi. Biologik va ijtimoiy tizimlar, vaqt o‘tishi sari, albatta, evolyusion va orqaga qaytmas tarzda o‘zgarishadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling