Yana bir misol: ko‘p qavatli uyning holati o‘n yildan keyin quvurlarni alishtirish va devorlarni oxaklash kabi ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni talab qildi, lekin uyning arxitekturali tuzilmasi saqlanib qoldi. - Yana bir misol: ko‘p qavatli uyning holati o‘n yildan keyin quvurlarni alishtirish va devorlarni oxaklash kabi ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni talab qildi, lekin uyning arxitekturali tuzilmasi saqlanib qoldi.
- Evolyusion tizimga misol: Oliy Majlis oldin bir palatali edi, lekin vaqt o‘tgan sari uning tashkiliy-funksional tuzilmasi o‘zgardi – ya’ni, u ikki palatali bo‘ldi va buning natijasida qonun chiqaruvchi hokimiyati organlari tizimi takomillashdi.
- Tahlil usuli o‘rganish predmetini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishni nazarda tutadi.
- Sintez usuli esa predmetning o‘rganilgan bo‘laklarini birlashtirishni va tahlil natijalarini umumlashtirishni nazarda tutadi. Tahlil tadqiqot boshida amalga oshirilsa, sintez uni yakunlaydi.
- Induksiya usuli - xususiy xodisalar xususiyatlaridan olingan fikr bildirishdan (ya’ni asosdan) umumiy xodisalar xususiyatlaridan olingan fikr bildirishni (ya’ni xulosani) keltirib chiqarish usulidir. Bunda xususiy fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi.
Deduksiya usuli – umumiy fikr bildirishdan (asosdan) hususiy fikr bildirishga (xulosaga) o‘tish usulidir. Bunda umumiy fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi. - Deduksiya usuli – umumiy fikr bildirishdan (asosdan) hususiy fikr bildirishga (xulosaga) o‘tish usulidir. Bunda umumiy fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi.
- Analogiya usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida xususiyatlar bo‘yicha olingan bilimlarni analogik predmetga qo‘llash usulidir. Saralab olish usuli – predmet uchun ob’ektning eng muhim bo‘lgan xususiyatlari, qismlari, ularning orasidagi munosabatlarini alohida ajratib olish va boshqa ahamiyatsiz xususiyatlari, qismlari va munosabatlaridan voz kechish usulidir.
- Ideallashtirish usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida real hayotda uchramaydigan, etalon yoki ideal sifatida ko‘riladigan modelni yaratish va uning xususiyatlarini real xayotda uchraydigan ob’ekt xususiyatlari bilan taqqoslash usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |