Fan: Tabiat
Download 0.85 Mb.
|
4-sinf Tabiatshunoslik Sayyoralar mavzuda dars ishlanma.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmlarni joylashtirish”
- Davom ettiring”
Katta sayyoralar
Yupiter Yupiter eng katta sayyora hisoblanadi. Quyosh atrofini 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Uning diametri Yernikidan 11 marta katta. Bu sayyora ulkan bo‘lsa-da, uning sirtida tog‘lar va chuqurliklar yo‘q.Chunki uning sirti, asosan, suyuq holatda bo‘lib, deyarli vodorod va geliy gazlari bilan o‘ralgan. Yupiter sirti kunduz kuni ham sovuq bo‘lib, harorat −100°C gacha pasayadi. Yupiter sayyorasining 67 ta tabiiy yo‘ldoshi bor. Saturn Saturn ham ulkan sayyora hisoblanadi. U Yupiterdan biroz kichikroq. Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishi uchun 30 yilga yaqin vaqt ketadi. Saturn halqali sayyoradir. Uning halqalari turli qattiq jismlar va changlardan iborat. Sirti suyuq holatdagi moddalardan tashkil topgan. Uni vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi. Sirtidagi o‘rtacha harorat −180°C atrofida bo‘ladi. Saturn sayyorasining 60 ta tabiiy yo‘ldoshi bor. Uran Uran sayyorasining diametri Yernikidan 3 marta katta. Lekin Yerdan juda uzoqda bo‘lgani uchun bu sayyorani ko‘rib bo‘lmaydi. Bu va undan uzoqdagi Neptun sayyorasini faqat maxsus asboblar yordamida ko‘rish mumkin. Quyosh atrofini 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Sayyora sirti muzlagan moddalardan iborat. Sirti vodorod, geliy, metan kabi gazlar bilan qoplangan. Sayyora sirtidagi o‘rtacha harorat −210°C ni tashkil etadi. Uran sayyorasining 27 ta tabiiy yo‘ldoshi bor. Neptun Neptun sayyorasi Uran sayyorasidan biroz katta.Quyosh atrofini 168 yilda bir marta aylanib chiqadi.Sayyora sirti suyuq holatdagi moddalardan iborat. Sirtini vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi.Neptun sirtidagi harorat −200°C atrofida bo‘ladi.Neptun sayyorasining 13 ta tabiiy yo‘ldoshi bor. O’quvchilar parta oralab o’qitiladi. Mustahkamlash. “Rasmlarni joylashtirish” mashqida o’quvchilar oldindan tayyorlangan Oy,Quyosh,yulduzlar,Yerning kesma rasmlaridan applikatsiya ko’rinishidagi ajoyib manzarani yasashga harakat qiladilar. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida savol-javob o’tkaziladi: 1.Yer Quyosh atrofida necha kunda 1 marta aylanib chiqadi? A. 362 B.364 D. 365 2.Yer o’z o’qi atrofida aylanganda qanday hodisa ro’y beradi? A. Fasillar almashadi. B. Tun va kun bo’ladi. D. Yil almashadi. 3. Oy bizga nega har xil ko’rinadi? A. Bir tomonini quyosh yoritganda. B. Nur sochmaganligi uchun. D. Juda olisdaligi sabab. “ Davom ettiring” mashqi o’tqaziladi. Bunda o’qituvchi darslikda berilgan mavzudan istalgan so’zni o’qiydi. O’quv- chilar esa, davom ettirishlari kerak. O’quvchilarning mavzuni qanchalik tushunganliklari ular bergan javoblari asosi- da aniqlanadi . “Ortiqchasini top”metodi. Tekisliklar,tog’,daryo,okean,adir,qir,uran,yulduz. Yupiter,Mars,Venera,Turon,Oy,Mekuriy,Yer. Kometa,yulduz,oy,quyosh,tekislik,meteoritlar,daryo. Savollarga javob topish. Darsni yakunlash. Baholash: O’quvchilarni darsdagi ishtiroki uchun rag’batlantirish kartochkalarni tarqatish faol ishtirok etgan o’quvchilarga “Ofarin” maqtovini birgalikda aytib, olqishlanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling