Fan: Tasviriy san’at. Sana: Sinfi: 6 sinflar 25-dars: Adabiy asar syujeti asosida mustaqil kompazitsiya ishlash. Darsning maqsadi


Download 0.52 Mb.
Sana07.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1246652
TuriKompozisiya
Bog'liq
DARS ISHLANMA


Fan: Tasviriy san’at.


Sana:_____________ Sinfi: 6__-sinflar


25-DARS: Adabiy asar syujeti asosida mustaqil kompazitsiya ishlash.
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning syujetga oid bilimlarini va turli asarlarga ishlangan ishlarni idrok qilishga o’rgatish. Asarning xilma – xilligi, kompozisiyasi, yechim va uning ahamiyatini tasvirlashni o’rgatish. T.k.2 televizordan to‘g‘ri foydalanish. T.k.6 maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni axloqiy, estetik ruhda tarbiyalash. T.k.3 mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish. T.k.4 o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning syujet haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish. F.k.1 naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi; amaliy ishda tasvirlay oladi. F.k.2 tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston va jahon rassomlarning asarlaridan reproduksiya, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, qil qalam, tush, pero toza latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.
Uyga vazifa. 2-3 daqiqa.
Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga qanday tayyorlanganligi bilan boshlaymiz. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning qilib kelgan ishlarini ko’rib chiqiladi va ularning kayfiyatlari o’rganiladi.
O’tilgan mazuni baholash oldingi mavzuda biz bajarib kelgan ishlaringizni savol-javoblar bilan baholab chiqamiz. Kim natyurmortni mustaqil kompozisiyasini bajarib kelgan bo’lsa uni izohlab berishi kerak. Suratining mazmuni haqida gapirib berganiga qarab baholar yana ham ko’tariladi yoki pasaytiriladi. Agar kim bajarib kelgan suratini to’g’ri va mazmunli so’zlab bersa ularning suratlarini ko’rgazmaga ham olib qo’yiladi deb ishlarni birin ketin ko’rib mazmuni so’rab chiqiladi. Baholanadi va ularning suratlarini o’qituvchining o’zi ham suzlab berishga harakat qiladi.
Yangi mavzuning bayoni Syujet (farnsuzcha so’z bo’lib, buyum, narsa, harakat ) degan ma’nolarni bildiradi. Tasviriy san’atda – tasvirlanayotgan buyum yoki hodisa tushuniladi. Tasviriy san’atning portret, natyurmort va manzara janrlardagi asarlardan syujetli kartinaning mazmunini, g’oyasini va hayotiyligini o’qish mumkin.
Shunday bajarilgan bir necha ko’rsatmali materiallarni ko’rsatib o’tiladi. Ularning bajarilish bosqichlarini doskada chizib beriladi va o’quvchilar ham shunday qilib bajarishlari yoki o’zlari yangi ko’rinishdagisini o’ylab topishi kerakligi aytiladi. Bunday ishlarni bajarish vaqtida turli


buyoq, chizg’ich, suratlardan ham foydalanish mumkin. Lekin uni kompozision boshqacha qilib joylashtirish kerak. Hatto applikasiya usulidan ham foydalanish mumkin. Uning mazmundorligi oshishi uchun turli yo’llarni bajarib ko’rsa bo’ladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari bu ishlarni boshlash vaqtida o’qituvchi bolalarni partalar oralab aylanib ko’rib yuradi. Doskadagi surat va ko’rgazmalarni olib qo’yadi. Doska ham o’chirib tashlanadi yoki usti yopiladi. Bolalar mustaqil o’zlari grafik ishni bajarishlari lozim. Kimdir embelema, kimdir taklifnoma, tabriknoma, devoriy gazeta va xakoza ishlashi mumkin. Tez – tez o’quvchilarning bajargan ishlari rag’batlantirib turiladi.
Uyga vazifa va darsni yakunlash vaqtida besh daqiqa oldin yozuv daftariga uyda grafik boshqa narsani ishlab kelish hamda grafik asarlardan nus’halar yig’ish topshiriladi.
O’TIBDO: __________ _____________________
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling