Kutilayotgan natija
O`qituvchi
O`quvchi
|
O`quvchilar faolligini oshiradi. O`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi .O`quvchilarning rasm chizish malakasini oshiradi.
Ertak asosida rasm chizishni o`rganadilar. Fikrlash doiralari kengayadi, guruh bo`lib ishlashni o`rganadilar. Ranglarni o`z o`rnida ishlatishni o`rganadilar.
|
Tashkiliy qism :
1. Davomatni aniqlash
2. Psixologik o`yin (Ranglarni tanlash)
3.Sinfni guruhlarga bo`lish «Naqqosh » , «Musavvir» , “Nafosat”
Darsning rejasi :
1. Kitobat san`ati va uning tarixi haqida ma`lumot berish
2. Kitoblarning tayyorlanish bosqichlari haqida ma`lumot
3. Amaliy ish : Ertaklar mazmuniga illyustratsiya ishlash
«Ur to`qmoq » ertagi tahlili
4. Kitob haqida donolarning fikrlari.
5. Klaster uchchala guruhga
6. Tezkor savollar
7.Darsni mustahkamlash va baholash
8. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish
O`qituvchining kirish so`zi
Tasviriy san`at fani
Juda ajoyib fandir.
O`rganamiz chizishni
Toza go`zal bo`lishni.
Dars shiori : « Kitob – ma`naviyat ko`zgusi. »
Yosh o`ynoqi ko`zlarim ,
Shuur olar kitobdan .
Tashkil topib so`zlarim
Baxtim kular kitobdan,
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do`stimsan.
Varaqlasam bir boshdan
Quvnab bahrim ochilar
Oltin harf-so`zlardan .
Shuning uchun deymanki
Kitob mening do`stimsan .
|
|
I . Tashkiliy qism :
O`quvchilar bilan salomlashiladi, sinf xonasining darsga tayyorligi tekshiriladi,
davomat aniqlanadi , psixologik muhit yaratiladi. Qadrli va aziz o`quvchilar ! Siz bizning yorqin kelajagimiz , ona vatanimizning g`ururi-iftixor ertangi kunimizning davomchilarisiz. Prezidentimizning farmoni bilan 2017 –yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilingan ekan, bu bilan sizning imkoniyatlaringiz yanada kengaydi.Ilm dargohlarida sizning kamolotga yetishingiz uchun keng yo`l ochib beriladi.Hamma ezguliklar bilim tufaylidir. U tufayli ko`kka yo`l boshchi, bunyodkorlik ishlarida , aql-idrokning rivoj topishida beminnat yordamchi do`st , ilmi-donishning asosi kitob yordam beradi.
Muhtaram yurtboshimiz kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida qator ishlarni amalga oshirmoqdalar.Kutubxonalar fondi boyitilmoqda. Yangi-yangi asarlar chop qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |